Ushbu sayt ma'lumotlarni saqlash uchun cookie-fayllardan foydalanadi. Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz ushbu fayllardan foydalanishga rozilik bildirasiz.
Biz «Bonduelle»da biznes nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi, balki jamiyatga ham foyda keltirishi zarurligiga ishonamiz. Barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi amaliyotlarimiz — ushbu yondashuvning yaqqol ifodasi. Aynan shuning uchun ham biz butun dunyodagi barcha bo‘linmalari BCorp™ sertifikatiga ega bo‘lgan kompaniya ekanligimizdan faxrlanamiz.
BCorp™ sertifikati ijtimoiy va ekologik samaradorlik, biznes yuritishda shaffoflik va mas’uliyatning yuqori standartlariga javob beradigan kompaniyalarga beriladi.
BCorpda™ bo‘lish quyidagilarni bildiradi:

BCorp™ sertifikati — barqaror rivojlanish strategiyamiz va missiyamizni amalga oshirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam – insonlarni o‘z farovonligi va sayyoramiz salomatligi uchun o‘simlikka asoslangan taomnomani kengaytirishga ilhomlantirish.
Sertifikatlash jarayoni kompaniya faoliyatining barcha sohalarini beshta yo‘nalish bo‘yicha puxta audit qilishni o‘z ichiga oladi: korporativ boshqaruv, xodimlar bilan ishlash, mahalliy hamjamiyatlar bilan o‘zaro aloqa, mijozlar va iste’molchilar bilan munosabatlar hamda ekologik ta’sir. Reytingi maksimal 200 ballning 80 ballidan yuqori bo‘lgan kompaniyalargina BCorp™ deb hisoblanishi mumkin. Ushbu sertifikat uch yil davomida amal qiladi, shundan keyin kompaniyalar me’yorlarga rioya qilinganini yoki ular takomillashtirilganini isbotlash uchun qayta baholashdan o‘tishlari kerak. Bunday kompleks yondashuv bizga jarayonlarimizning uzluksizligi va barqarorligini kafolatlash hamda barcha manfaatdor tomonlar foydasi uchun ishlash imkonini beradi.
Biznesni ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shishga undaydigan BCorp™ yondashuvi bizni ilhomlantiradi. Ushbu hamjamiyatning bir qismi bo‘lish — biz uchun katta sharaf va mas’uliyat. Biz jamoalarimiz, hamkorlarimiz va barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda jamiyat farovonligi va atrof-muhit muhofazasiga salmoqli hissa qo‘shgan holda biznes rivojlanishi mumkin bo‘lgan kelajakni qurmoqdamiz. BCorp™ sertifikatini olish yo‘limiz — barcha uchun yorqinroq kelajak yaratish yo‘lidagi global missiyamizning bir odimi xolos.
