Vazifa va barqaror rivojlanish

Biz insonlarni o‘zlarining farovonligi va sayyoramiz sog‘lomligi uchun ratsionlarini o‘simliklarga asoslangan oziq-ovqat bilan kengaytirishga ilhomlantiramiz

Bonduellenign 7 ta qadriyati

Insonlarga g‘amxo‘rlik
Biz insonlarga o‘simliklarga asoslangan ovqatlanish haqida ma'lumot beramiz va ularga yangi oziq-ovqatlarni kashf etishga yordam beramiz. Biz xodimlarga qulay sharoitlar yaratamiz, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazamiz va malakasini oshiramiz, shuningdek, yangi uskunalar sotib olamiz
Adolatlilik
Biz kompaniyaning barcha xodimlariga karyeraviy o‘sish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etamiz
Halollik
Biz mijozlar va xodimlar oldidagi majburiyatlarimizni o‘z vaqtida bajarib, ochiq va halol ishlaymiz
Ishonch
Biz xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz – ularning takliflari asosida kompaniya ishiga o‘zgartirishlar kiritamiz. Biz loyihani g‘oyadan tortib amalga oshirishgacha olib borishga yordam beramiz
Oddiylik
Biz muloqot uchun ochiqmiz: har qanday savol va takliflar bilan rahbarlar va menejerlarga murojaat qilishingiz mumkin
Mukammallik
Biz mahsulot sifatini qat'iy nazorat qilamiz - bu bizning ustuvor vazifamiz. Biz resurslarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lamiz va zamonaviy texnologiyalar: dronlar va tuproq sensorlaridan foydalanamiz
Ochiqlik
Biz ishlab chiqarish, ishga qabul qilish va xarid qilishda yangi g‘oyalar va takliflar uchun ochiqmiz

Bonduelle qadriyatlarini qanchalik baham ko‘rasiz?

1
2
3
4
5

Barqaror rivojlanish

Tabiat bizning kelajagimiz ekanligiga aminmiz. BPact strategiyasi Bonduellening uchta yo‘nalish bo‘yicha aniq va o‘lchanadigan ijtimoiy va ekologik majburiyatidir: Oziq-ovqat, sayyora va insonlar. Bizning maqsadimiz - har bir insonning ratsionida o‘simlik mahsulotlari miqdorini oshirish

DOIMIY RIVOJLANISH TARIXI

1996
Birinchi agrotexnik xartiyaning yaratilishi. Uning maqsadi tuproq unumdorligini saqlash, yetishtirilgan sabzavotlarning yuqori sifatini kafolatlash uchun agrokimyoviy preparatlarning aniqlanishini ta’minlashdan iborat.
2002
Korporativ ijtimoiy mas'uliyat sohasida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha birinchi dasturni ishga tushirish: Agronomiya, Insonlar, Sifat va Oziqlanish, Tabiiy resurslar
2004
Louis Bonduelle jamg‘armasining tashkil etilishi. Jamg‘arma sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va mahalliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Batafsil
2012
Global hisobot tashabbusi (GRI) standartlariga muvofiq ommaviy nomoliyaviy hisobotlarni shakllantirish. Axloq kodeksining nashr etilishi
2016
KIM siyosatining yangi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash: Insonlar, O‘simliklarga asoslangan oziqlanish va Sayyora
2019
2025 yilgacha bo‘lgan asosiy maqsadlarni belgilab beruvchi B!Pact barqarorlik strategiyasini yaratish
2020
Kompaniyaning 2025 yilga qadar BCorp standarti bo‘yicha sertifikatlash maqsadi haqidagi bayonoti
2021
Xodimlarni vazifamizga erishishga undaydigan INSPIRE korporativ dasturining ishga tushirilishi
Biz bilan bog‘laning

Saytda bundan tashqari