Zaytun

foydali

Zaytundoshlar oilasiga mansub kichik daraxt turlari.

Olives helps in lowering blood cholesterol levels

100 g zaytunda – 160 kkal

Zaytun barglari tarkibida oleuropein, oleasterol, lein, olein kislotasi,
antioksidantlar: E vitamin, polifenol mavjud.
Zaytun yog’i bizni to’yintirilgan yog’li kislotalarni iste’mol qilmasdan
kerakli polito’yintirilgan (omega-6) yog’li kislotalar bilan ta’minlaydi.

Zaytun iste’mol qilishning sog’liq bag’ishlovchi foydasi

Amerikaning “Time” haftalik ro’znomasi zaytunni dunyoning eng sog’lom mahsulotlari guruhiga kiritgan. Zaytun, zaytun yog’i bilan bir qatorda sog’liq uchun foydali hamda qondagi xolesterol miqdorini kamaytiruvchi monoto’yintirilmagan yog’li kislotalari bilan mashhurdir. Zaytun yurak va qon tomirlarini arteriosklerozdan himoyalaydi; u sog’lom ozuqaning muhim modeli, O’rta Yer dengizi dietasining asosiy tarkibi hisoblanadi.

1 daraxt va 1 litr

Bir zaytun daraxtidan taxminan 1 litr zaytun yog’i olish mumkin. Mo’l hosil bo’lgan yili esa bir zaytun daraxtidan 2 litrgacha qimmatli suyuqlik olish ham mumkin.

 Olives protects heart and blood vessels against atherosclerosis
Boqiy daraxt

Zaytun 4-12 metr bo’ylik doimiy yashil daraxt yoki buta. Zaytun daraxtining shohlari kulrang bo’lib odatda kichik terisimon barglar bilan qoplangan.  U har 2 yilda meva beradi – hosil yig’imidan so’ng yana ajablanarli meva berishi uchun u dam olib kuchga kirishi lozim. Mubolag’asiz daraxtlarni tarix guvohlari deyishimiz mumkin, chunki ular  ming yilgacha yashashi mumkin!

Yashil va qora
Zaytun turlari ko’p bo’lib ular, yashil, qora, kichik yoki katta, har xil ta’mli va turli yog’lilik darajadadirlar. Kam tuzli namokobda tuzlanganlari, to’q sharob rangli va ozgina meva ta’mlidir. Ular tengsiz ishtaha qo’zg’atuvchi va turli salatlar tarkibiy qismi hisoblanadilar.

11ta zaytun
Qadimgi Yunonlar zaytunni taomlarda ishlatish uchun topganlar. Ular zaytunni asl ta’mini bilish uchun 11 dona zaytun iste’mol qilish kerak deganlar.

Yillar davomida zaytunning mashhurligi kamaymadi, aksincha – bu kichik meva dunyo bo’ylab o’z muxlislarini ortirmoqda, zaytun yog’i to’g’risida gapirganimizda biz faqat uni ulug’laymiz. Kanar Orollari, Krim, Kavkaz, janubiy-g’arbiy Afrika, Hindiston, Yaponiya, Kaliforniya, Bermuda, Yamayka, Janubiy Amerika kabi iliq iqlim va O’rta Yer dengizi qirg’ogidagi davlatlar zaytun vatani hisoblanadi.

, , , ,