Uzun loviya

foydali

Yashilmi yoki sariq uzun loviyalar bir biri bilan bog’liqdir. Ularning ta’mi va ozuqaviy tarkibi juda o’xshash.

String Beans reduces risk of heart attack

100 g uzun loviyada - 24 kkal

Tarkibida folik kislotasi, minerallar, tola, rux, kaliy, A  pro-vitamini va C, E vitaminlari mavjud.

Mutlaqo o’zgacha

Bundan tashqari, butun qobig’li loviyalarni tayyorlanish usuli ularni boshqa turdagi loviyalardan farq qiladi.

Go’zallik taratadi
Uning tarkibida katta miqdorda C vitamini, pro vitamin A, B vitaminlar guruhi, E vitamini, folik kislotasi, minerallar va dietik tolalar mavjud. C, A, E vitaminlari va rux erkin radikal guruhlariga qarshi muvafaqqiyatli kurashadi va terimizga salomatrlik va yosh ko’rinish bag’ishlaydi.

Sog’lom yurak

Uzun loviyadagi tola, folik kislota, magniy va kaliy aralashmasi yurak huruji xastaligi xavfini kamaytiradi.

Yosh va nozik

Avvaliga faqat urug’lari iste’mol qilingan. Yosh loviyalar bilan zavqlanish (XVII asrda) Italiyaliklar tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ular loviyani har 24 soatda loviyalar yetarli darajada pishmasdan terib olishgan. Vaqtlar o’tishi bilan dehqonlar nozik qobig’li Fransuz Loviyalari deb nomlangan turlarini yetishtirishgan.

Saryog’ loviya

Sariq uzun loviyalar, rangi va og’izda erib ketishi tufayli bo’lsa kerak, Fransuzlar tomonidan saryog’ loviya deb nomlangan.
String beans give our skin healthy and youthful look

Ideal qomatingiz uchun

Sariq va yashil uzun loviyalar iste’mol qilinadigan yosh qobiqchalari uchun yetishtiriladi. Ular dietik taomlarning muhim qismi hisoblanadi. Ular boshqa loviyalardan ko’ra proteinga boy emas, biroq ko’proq vitaminlarga ega. Quruq loviyalardan ko’ra oz tola miqdori tufayli ular oz kaloriyali va oson hazm bo’luvchidir. Keling uzun loviyalarni istemol qilamiz va bizning qomatimiz ularnikiday bo’ladi.

, , , ,