• nutrients

Soya

foydali

O’zining urug va nishlari uchun yetishtiriladigan bir yillik o’simlik.

Consumption of soyabeans vegetables alleviates menopausal symptons without any side effects.

100 g soyada – 381 kkal

Protein moddasining asosiy manbai, tarkibida kaliy, magniy, fosfor, kaltsiy, temir moddasi, E va B6 vitaminlari mavjud.

Yurak urishi

Soyani iste’mol qilish yurak salomatligi uchun juda foydali. Doktorlar har kuni soya mahsulotlaridan olingan 25 gram protein moddasini iste’mol qilishni tavsiya qiladilar. Soya proteinidan tashkil topgan dieta (yog’larni ajratgan holda), yurak xastaliklarini xavfini kamaytiradi.


Glitsin ko’proq ayollar uchun

Soya (Glitsin) tarkibidagi fitoestrogen sababli ayyollar uchun tavsiya etilgan. Soyadan ishlab chiqilgan mahsulotlarni iste’mol qilish nojo’ya ta’sirsiz menopauza simptomlarini yengillashtiradi. “Soya istemolchi” madaniyatidagi ayollarda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, ko’krak saratoni xavfi, o’rganilgan guruhda kam bo’lganini ko’rsatgan. Ayniqsa, soya ayollarda xolesterol darajasini kamaytirgan va suyaklar massasini oshirgan.

Xameleon sabzavot

Soyadan olinadigan mahsulotlar turi hayratlanarli darajada.

Ular:

  • soya suti,
  • soay sousi,
  • tofu,
  • miso,
  • soya o’grasi,
  • soya yog’i,
  • soy uni.
 Soyabeans are rich source of proteins

Yapon bog’idagi josus

Soya Osiyodan kelgan bo’lib u yerda M.avv. 3000 yildan buyon yetishtirilgan. Soya urug’lari va ularni qo’llanilishi Yevropa uchun XVII asrlarda Nemis olimi va sayohatchisi, Gollandiya Sharqiy Hindiston Kompaniyasi ishtrokchisi  Engelbert Kaempfer tomonidan keltirilgan. Siyosiy noto’g’ri manba’ga ko’ra, ushbu noyob olim Yaponiya va o’zi uchun muhim qiziqish tug’dirgan botanik na’munalar to’g’risida mustahkam qo’riqlangan ma’lumotlarga, o’zining yosh xizmatkori bilan pora, ma’lumot sotib olish va maxsus kelishuv yo’li bilan ega bo’lgan.

, , , , ,