Sabzi

foydali

Seldir oilasiga mansub 2 yillik o’simlik sariq, to’q sariq ildizlari uchun yetishtiriladi. U eEropa, Osiyo, shimoliy Afrika va Amerikada keng uchraydi.

Carrot Vegetables prevents anemiom.

100 g sabzi – 31 kkal

Sabzida uglevod, protein, keratin, B1, B2, B5, C, E, H, K, PP vitaminlari hamda kalsiy, temir, kaliy, mis moddalari mavjud.


Kechasida burgutday ko’rish qobiliyat

Vitamin turlari va mineral tuzlar ko’pligi tufayli sabzi kamqonlikni oldini oladi hamda kechasi ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Oltin teri

Sabzida boshqa sabzavotlarga qaraganda eng ko’p miqdorda beta-karotin moddasi mavjud. Shu sababli sabzini iste’mol qilish inson tanasini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siriga qarshiligini mustahkamlaydi va terini mayinlashtirib chiroyli rang beradi

 Carrot improves vision in the dark.
Avvalgi sabzilar qora edi!Sabzilarning vatani Osiyo. U uzoq davrlardan ma’lum bo’lgan, Yunonlar va Rimliklar undan shifobaxsh o’simlik sifatida foydalanishgan. O’sha paytlar uning rangi qora edi, keyinchalik mutatsiya jarayoni tufayli sariq ranglari paydo bo’ldi, va XVIII asrlarga kelib Fransuz dehqonlari sharofati bilan u yoqimli to’q sariq tusni oldi.Sabzi bezak
Angliyada, Elizavetta I ning davrida sabzining tomiri, bargi va gullaridan kiyim va bosh kiyimlarni bezashda foydalanilgan.
, , ,