Oq loviya

foydali

U o’zining kichik oq urug’lari uchun yetishtiriladi. U Markaziy va Janubiy Amerikadan keltiriladi.

Beans are best source of iron

100 g oq loviyada - 102 kkal

Tarkibida temir, kaltsiy, magniy, protein va E vitamini mavjud.


Quvvatga to’la urug’

Loviyalar temir moddasi manbaidir. Temir moddasi yetishmagan insonlar bo’sh va befarq bo’lib qoladilar. Quyidagi insonlar temir moddasi yetishmaslik xavfidadirlar: homilador ayollar, xastalikdan tiklanayotganlar hamda o’sayotgan bolalar bilan yoshlar. Temir moddasini yaxshiroq so’rilishi uchun, loviyani C vitaminiga boy sabzavotlar bilan birga iste’mol qilinishi tavsiya etiladi.

Kuchli ikkilik
Oq loviyalar tarkibida kaltsiy va magniy mavjud bo’lib bu ikki element bir birini to’ldirib mustahkam tish va suyaklarga javobgardir.

Shohona urug’

Loviya urug’i cherkovda diniy marosimni o’tkazishda o’z hissasini qo’shgan. Fransiya yoki Ispaniya kabi ko’p joylarda oilada ichiga loviya solingan pishiriq ulashiladi. An’anaga ko’ra loviya urug’ini topgan kishi bayram qiroliga aylanadi yoki hisoblarni to’laydi.
 white beans contains calcium and iron
Dunyo go’zali

Loviyani yoshi 8000 yil deb taxmin qilinadi. U Kolumbdan oldingi Amerika taomlarining oshqovoq va jo’xori singari “uch qizi” dan biri hisoblanadi. Asteklar “ayacolt” yoki loviya bilan jo’xori o’stirishgan undan tirkagich sifatida foydalanishgan. Bugungi kunda loviya o’simlik proteinning asosiy manbayi hisoblanadi. Uni har bir madaniyat taomlarida topish mumkin. Loviyaning 30,000 ga yaqin turlari mavjud.

Oq loviya va Futbol
Loviya Fransiyaning Cassoulet, Ispaniyaning Fabada, yoki Braziliyaning Feijoda kabi ozuqaviy sho’rvalarining, Italiyaning Pasta e Fagioli kabi asosiy taomlarining, sovuq va issiq salatlarning asosiy masallig’i hisoblanadi. Loviyani futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi va mahoratiga ushbu davlatlarning futboldagi muvafaqqiyati bilan bog’liqligi bo’lishi mumkinmi? Agar shunday bo’lsa, bu sir yopiq tutiladi.

, , , ,