• nutrients

Qo’ziqorin

foydali

Oq qalpoqli kultivasiya qilingan qo’ziqorinlar. Asosan Yevropa va Ingiliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarda o’stiriladi.

Mushrooms mobilizes immune system
 

100 g. qo’ziqorin – 15 kkal

Uning tarkibida seluloza, Vitamin D, E, PP va B guruh vitaminlari hamda temir, kaliy, fosfor va sink moddalari bor.

Himoya qiluvchi qalpoq

Tarkibida natriy moddasi kam bo’lgani sababli kam tuzli diyetalar uchun yaxshi. Qo’ziqorinlar tarkibida shakar va yog’ bo’lmaganligi sababli diabetiklar tomonidan bemalol iste’mol qilinishi mumkin. Qo’ziqorindagi sink moddasi immunitetimizni kuchaytiradi.

Qo’ziqorinlar tarkibida B guruh vitaminlari yangi sabzavotlardan ham ko’proqdir. Tarkibida riboflavin va vitamin B2 bo’lishida yetakchi bo’lgan ushbu mahsulot bosh og’rig’i bilan kasallanganlarning og’rig’ini kamaytiradi. Bosh og’riqlari charchov sababli ham kelib chiqishi mumkin bo’lib pantoten kislotasi yordamida uni oldini olish mumkin.

Sog’lom ko’rinish 

Ular terimiz va umumiy sog’lig’imiz holatiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. O’zining ko’rinishiga e’tibor beruvchi shaxslar o’z menyulariga qo’ziqorinni kaloriyasi kam bo’lgani tufayli kiritishlari kerak.

 

Faqat o’lmaslar uchun

Fir’avnlar davrida qo’ziqorinlar “Ilohlar taomi” deb hisoblangan. Misrliklar e’tiqodiga ko’ra qo’ziqorinni yeyish faqat Fir’avnlarga mumkin bo’lib o’limsizlikni kafolatlagan. Oddiy odamga qo’ziqorinni tegish ham man etilgan.

 
 Mushrooms create big impact on our skin and hair

To’g’ridan to’g’ri Parijdan

Yevropada qo’ziqorinlarni birinchi bo’lib kultivasiya qilishni boshlaganlar Fransuzlar bo’lgan. Qo’ziqorinlarni kultivasiya qilish imkoniyati Parij hududidagi qovun dehqonlari tomonidan kashf qilingan va shundan keyin “Parij qo’ziqorini” nom kelib chiqqan. 17-asrda Parij bog’bonlari qo’ziqorinlarni o’stirish uchun g’orlar eng yaxshi muhit ekanligini aniqlashdi.

Tanlanganlar uchun 
Ko’p asrlar davomida qo’ziqorinlar faqat boylar uchun delikates hisoblangan. Jorj IV ning Londondagi saroyida qo’ziqorin o’stirilishi uchun alohida joyi bo’lgan.

, , , ,