Karam

foydali

Karamlar oilasida 100dan ortiq turlari mavjud.

Cabbage has anti inflammatory, antiseptic and pain killing properties.

100 g karam -31 kkal

Karam tarkibiga fosfor, marganets, mis, kaliy, kalsiy, temir, natriy va A, B, C, E vitaminlari kiradi.

Dorivor sabzavot

Qadimgi Rimda karamga juda foydali sabzavot sifatida qaralgan va uning yordamida har xil teri kasalliklari va shamollashda foydalanilgan.Uning tarkibida teri, tirnoq va sochlarga juda yaxshi ta’sir etadigan oltingugurt moddasi bor. Karamda saraton hastaligiga qarshi hamda qalqonsimon bezning faoliyatiga yordam beruvchi moddalar mavjud. U yana tana haroratini mo’tadillashtirishda yordam beradi. Bundan tashqari u hazm qilish va nafas olish tizimini mo’tadillashtiradi.

Tuzlangan karam

Tuzlangan fermentlangan yangi karam, ya’ni tuzlangan karam, C vitmin, fitontsid, kaliy, temir va rux moddalarining qimmatbaho manbaidir.

Karam yordamida ozish

Oz kaloriyali, vitamin, mineral tuzlarga boy, ozish uchun mo’ljallangan dietalarning qimmatli elementidir, ba’zi dietalarda esa asosiy masalliq hisoblanadi.

, , ,