• nutrients

Ismaloq

foydali

Yashil barglari uchun yetishtiriladigan sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik.




Ismaloq juda juda ozuqaviydir. Ko’pmi ozmi, bir kunda bir taomda “kuniga 5” ingizni olish uchun yangi uzilgan ismaloqdan nech finjon iste’mol qilishingiz lozim?





100 g ismaloqda – 17 kkal

Tarkibida tola, kaliy, kaltsiy, fosfor, magniy, natriy, temir moddasi, rux, marganets, ftor, C, B1, B2, B6, PP, E, K, vitaminlari folik kislotasi sifatida, pro-vitamin A mavjud.
spinach2

Zararsiz temir
Ismaloq tarkibidagi temir moddasi tabiiy va zararsizdir, farmokologik shaklda qabul qilinganida esa me’yordan oshib ketish xavfi mavjud bo’lib ayniqsa yosh bolalar uchun juda xavflidir.

Kuch kaliti
Ismaloq temir moddasining eng zo’r manbayi bo’lib, kislorodni tanamizning barcha hujayralariga yetkazib beruvchi gemoglobinning tarkibiy qismi hamda energiya va modda almashinuviga javob beruvchi tizimning qismidir. Uni ayollar, yosh bolalar hamda o’sish yoshidagi o’smirlarga ko’proq tavsiya etiladi.

spinach3

Suyaklar kuchi

Ismaloq tarkibida suyaklar kuchiga ta’sir etuvchi eng ko’p miqdorda K vitamini mavjud.

 
Multfilmdagi konserva
Ismaloq Fors davlatidan kelgan. Mavrliklar uni Yevropaga IX asrlarda olib kelishgan. U o’z muxlislarini asta sekin ega bo’lgan va II chi Jahon Urushidan so’ng Amerikaliklarning tashviqoti sababli mashhur bo’lib ketgan. Bu sabzavotning elchisi har doim qo’lida ismalog’i bo’lgan, multfilm qahramoni suzuvchi Papay bo’lgan. U ismaloqni bir yutishda bo’shatib raqiblari bilan urushgan va har doim raqiblarini nokdaun holati bilan yengigan.

spinach4

Ismaloq 10 barovar

Ismaloq o’zining yuqori temir modda tarkibi bilan mashhur. Birinchi hisob-kitoblar 19 asrda vergul qo’yishda adashgan dr. E. von Volf, tomonidan amalga oshirilgan. Ismaloq uning bergan ma’lumotlaridan 10 barovar kam temir moddasiga ega! Xatoni 1937- yili sezib qolishgan. Ismaloq sevuchilarga yaxshi xush xabar – omadga ko’ra u sabzavotlarning ro’yxatida birinchi o’rinda bo’lishi nafaqat temir moddasining ajablanarli tarkibi balki C, E vitaminlari, folik kislotasi, rux, magniy va kaliy moddalarining ko’p miqdori bilan bog’liq.

Bugungi kunda ismaloq juda mashhur bo’lib kelmoqda.

Ynagi uzilgan ismaloq barglari yengil va ozuqaviy salatlar bilan birga zamonaviy salatlar uchun ajoyib asos sifatida qo’llanilmoqda. Ismaloq boshqa sabzavotlar, mevalar, pishloqlar va go’shtlar bilan yaxshi o’tadi.

Muzlatilgan ismaloq ajoyib kokteyl masallig’i sifatida yaxshi ko’rilmoqda.

, , , ,