Bonduelledan sabzavotlar ensiklopediyasi

foydali

Har bir sabzavotning o'z siri bor. Sabzavotlarning ozuqaviy qiymati va salomatlikka ta'siri har biriniki o'zgachadir. 60 turdagi sabzavotlar to'g'risida qiziqarli, foydali va ajablanarli ma'lumotlarni ko'proq bilib oling. Sir sinoatsiz sabzavotlar olamiga kiring.

Sabzavotlar to’g’risida ba’zi ma’lumotlarni bilish juda muhim bo’lishi mumkin. Biz ko’plab sabzavotlar to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etamiz. Konservalangan va muzlatilgan sabzavotlarni mashxur ishlab chiqaruvchisi Bonduelle o’rtoqlashish uchun ko’plab bilimga egadir.

Nima uchun makka jo’xori ko’plab madaniyatlarda muhimligini va yashil no’xatlar nimasi bilan mashxurligini bilib oling.



Meksikada qaysi sabzavot mashxur?




  • Vegetarianlar haqida ma’lumot – duyoning taniqli eksperti sabzavotlar haqida bo’lgan bilimi bilan bo’lishmoqda…
  • Vegetarian yangiliklar – oxirgi yangiliklarni kuzatib borish yaxshidir
  • Bilasizmi… qiziqarli faktlarni bilib oling
  • Foydali ma’lumot – sog’lom ovqat bizning sog’lig’imizga ijobiy ta’sir ko’rsatib bizni turli xil kasalliklardan saqlaydi

Sog’liq uchun sabzavotlar

Sog’liq uchun sabzavotlar

Sabzavotlarga boy bo’lgan diyeta, sog’lig’imizni saqlaydi, turli hil kasalliklarni oldini oladi hamda biz yaxshi kayfiyatda bo’lishimizga ko’maklashadi. Sabzavotlar turli hil foydali moddalar bilan ta’minlab ularni bizning organizmimizda saqlaydi, bu esa o’z navbatida hayotimizda juda muhim o’rinni egallaydi. Ular vitaminlarga, ayniqsa Vitamin C ga boy bo’lib tabiiy qarshilik va tuzalish jarayonlari amalga oshishiga sabab bo’ladi. Sabzavotlar fitomoddalar, B guruh vitaminlari, hamda homilador ayollarga kerak bo’lgan folik kislotasini ham o’z tarkibiga oladi. Ularda natriy moddasi kam ammo kaliyga boydir. Ko’pchilik, natriy moddasini oddiy tuz shaklida iste’molini ko’paytirib yuboradi, lekin buni me’zonda ushashga yordam beruvchi modda kaliy bo’lib, u bizni gipertenziyadan himoya qiladi. Sabzavotlar tarkibida seluloza ham bo’lib, hazm bo’lish jarayoni va umuiy sog’lig’imizga yordam beradi. Kaloriya jadvallari yordamida ularning tarkibida kaloriyalar va yog’lar kamligiga amin bo’lishimiz mumkin. Shunday qilib, ular turli xil diyetalar uchun muhim asosni tashkil qilishadi. Sabzavotlarni iste’molini ko’paytirsak biz go’sht kabi oqsillarga boy ozuqalarni iste’molini kamaytirishimiz mumkin. Boshqa muhim fakt shuki, ular bizning jinsiy faoliyatimizga ijobiy ta’sir ko’rsatib tabiiy afrodiziak. hisoblanadi

 

Sabzavotlar foydali, juda shirin hamda tayyorlash uchun osondir

Bozorga ro’zg’or qilish uchun chiqqanizmida, sabzavotlar o’zining ranglari va shakllari bilan bizni hayratda qoldiradi. Ko’k baqlajon, sariq tsukini yoki qizil pamildori buning yaqqol misollaridir. Ular shu darajada chiroyliki, hatto biz ulardan darhol taom tayyorlab iste’mol qilishni istaymiz. Bizga ma’lumki, sabzavotlarning sog’liq uchun bir qancha foydasi bo’lib ular ko’pgina taomlar uchun asos bo’ladi. Ular dimlangan, bug’langan yoki baliq, go’sht va tovuq kabi taomlarning zarur tarkibidir. Ular yong’oq va don mahsulotlari bilan ham mos tushadi, bu esa o’z navbatida vegetarian diyeta uchun muhimdir.

Sabzavot mahsulotlaridan taomlar tayyorlash jarayonida biz juda katta tajriba orttirib ularning xushbuy hidi, to’yimlikligi hamda shirin ta’midan lazzatalnishimiz mumkin. Sabzavotlardan taom qilish uchun ko’p tayorlov talab qilinmaydi chunki ular qancha kam tayyorlansa shuncha ko’p tarkibidagi foydali moddalarni saqlaydi. Ularni yangi yoki ozgina pishirilgan holatida iste’mol qilish tavsiya qilinadi chunki tarkibidagi vitaminlar saqlangan bo’ladi. Ovqat tayorlash uchun yarim soatdan oshiq vaqt ajrata olmaydigan shaxslar uchun ular ayniqsa kerakdir. Taomlarni pishirishni o’rganishni boshlayotgan o’smirlar uchun ham sabzavotlar kerak bo’ladi chunki ularning oson tayorlanishi o’smirlarni oshxonada turli xil tajribalar olib borishiga yordam beradi.

Yangi yoki muzlatilgan? Bu nimaga bog’liq? Muzlatilgan sabazavotlar foydali xususiyatlarini saqlaydimi? Sabzavotlar o’zlarining foydali xususiyatlarini muzlatilgan hamda konservalangan holatida ham saqlab qoladi. Muzlatilgan sabzavotlar foydali moddalarga boy bo’lib ular yangilari bilan birga iste’mol qilinishi mumkin. Konservalangan sabzavotlar qulay bo’lishidan tashqari taomlarni selulozaga boyitadi. Konservalangan pamildorilar saratonni oldinini olish xususiyatiga ega bo’lgan likopen moddasini o’z tarkibiga oladi. Siz konservalar idishining tarixini bilasizmi?

 Oshpazlik olami

Oshpazlik olami

Ko’pchiligimiz yashil sabzavotlarni uzog’i bilan ikki hil turini iste’mol qilamiz, ammo boshqalarini ham iste’mol qilish qat’ian tavsiya etiladi. Keling, o’simliklarning nihollari va barglari bilan dunyoning taomlarini ustida tajribalar o’tkazib ular naqadar mazzali ekanligini o’zimiz uchun kashf etaylik. Ob havo sharoitlari har doim ham sabzavotlarni saqlash uchun mos bo’lmasa ham odamlar butun dunyo bo’ylab ularni yesyishadi. Misol uchun Skandinaviyaliklar sabzavotlarni saqlash uchun ularni tuzalashadi yoki marinadlashadi . Italiyalikar taomlarida pamildori serobini ko’rsak grek oshxonasida zaytun yog’iga boy taomlarni ko’ramiz. Amerika taomlari boy bo’lgan jo’hori va qovoqniham muhimligini unutmasligimiz kerak. Xitoy taomlari bizda yaxshi tarqalmagan bo’lsa ham uni aytib o’tish lozim chunki tarkbida sharq mamlakatlarning sabzavotlari bor.

Hunarmand shaxslar uchun sabzavotlik Hunari

Ko’pchilik, sabzavotlar duradgrolik uchun yaxshi homashyo ekanligini bilmaydi. Bu san’at Xitoy imperatorlari sudlarida 9chi asrdan beri amalga oshirilib kelinmoqda. Bu naqadar go’zal amal, taomlarni nafaqat shirin qiladi balki ularni san’at darajasiga ko’taradi. Sabzavotlar gullardan ko’ra ancha sekin so’lgani sababli ulardan tayorlangan haykalchalarni to’ylarda sovirin sifatida taqdim etish mumkin.

Iste’mol qiling va sog’lom hayot kechiring

Iste’mol qiling va sog’lom hayot kechiring

Sog’lom diyeta o’zimizga ishonch ham beradi chunki biz yaxshiroq ko’rinishga kelamiz, yaxshi kayfiyatda bo’lamiz va quvvatimiz ko’p bo’ladi. Taomlar sohasidagi qarashlar o’zgarmoqda ammo sog’lom diyeta asoslari is hamisha o’zgarmasdir. Biz meva va sabzavotlarni kuniga kamida 5 mahal iste’mol qilishimiz kerak. Hech qaysi diyeta taomi meva va sabzavotlar xilma xil bo’lgani sababli teng kela olmaydi. Ular bizni vitaminlar, mikroelementlar, boshqa foydali moddalar va seluloza bilan ta’minlaydi. Siz o’zingizga savol berganmisiz, qaysi sabzavot 21chi asrda keng tarqaladi? Biz ayniqsa karamlar turkumiga kiruvchi sabzavotlarning iste’moli ko’payishini bashorat qilishimiz mumkin.

Keling, tabiatning sovg’asidan har kuni foydalanaylik va o’zimizni yaxshi xis qilaylik va jiddiy kasalliklarda o’zimizni himoya qilaylik.

, , ,