Gulkaram

foydali

Karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. O’simlikning iste’mol qilib bo’ladigan qismi bu, oq atirgullar deb nomlanmish, yosh oq gul nishlari. Mo’tadil iqlimli joylarda yetishtiriladi.

Cauliflower helps in treating cancer.

100 g gulkaramda  – 21 kkal

Tarkibida kaliy, magniy, kalsiy, marganets, temir, mis, rux, ftor, karotin, C, K, B1, B2, B6 vitaminlari mavjud.


Saraton sizni yemaydi

Ushbu sabzavot saraton xastaligini oldini olish uchun tavsiya etiladi.

Gulkaram zararsizlantiradi

Gulkaram tarkibida topilgan fermentlar tanani detoksikatsiya qilish jarayonida yordam beradi. O’z vaqtida chiqarib tashlanmagan zaharli moddalar hujayrani shikastlanishiga va o’z navbatida saratonga olib kelishi mumkin. Gulkaramda topilgan vitamin va minerallar bilan qorishgan maxsus ferment saraton xastaligiga qarshi xususiyatlarga ega.

To’yguningizga qadar…

Gulkaram oz kaloriyali bo’lib qorinni shishiradi, keling oshiqcha vazn olishdan havotirlanmasdan salomatligimiz uchun iste’mol qilaylik.

 Cauliflower Vegetables are rich in Vitamins

“Kipr karami”

Gulkaram Kiprdan kelgan bo’lib avvaliga “Kipr karami” deb nomlangan. U 2500 yildan buyon ma’lum. Uni Misr va Fors davlatida ham yetishtirishgan. Keyin uni Italiyada yetishtirish boshlandi va XVI asrga kelib butun Yevropa bo’ylab tarqaldi. Zamonaviy oshxonalarda uni asosan har xil taomlarni, sho’rvadan tortib sabzavotli taomlar,  tayyorlashda ishlatiladi. U butunlayincha pishiriladi yoki salatlarda xomligicha ishlatiladi.

Gulkaram nima o’zi?
Gulkaram fraktallar tassavurini tushintirib beruvchi tabiiy mahsulot. Fraktallar matematikada 70- yillarda Yale Universitetining Fransuz olimi Benoit Mandelbort tomonidan kiritilgan. Fraktallarning ajratib turuvchu sifati bu o’z o’ziga o’xshashligidir – qismining bir bo’lagi butunning tasviridir. Har bir parcha butun gulkaramning tasvirini aks ettiradi. Fraktallar meditsina, gidrologiya va moliya kabi turli bo’limlarda o’z qo’llanilish doirasini topgan.


Universitetdagi sabzavot

Mark Tven aytgan ediki  “Gulkaram kollej ta’limida karamdan boshqa narsa emas”.

, , , ,