Jo’xori

foydali

Keng iste’mol qilinuvchi don mahsuloti. Bug’doy va guruchdan so’ng ahamiyati juda katta.



 

Meksika va Ispaniyada tortillalar umuman har xil narsaligini bilarmidingiz? Meksikada tortilla makka jo’xoridan tayyorlangan yupqa non bo’lsa, Ispaniyada tortilla asosan piyoz va qaysi sabzavotdan tashkil topgan pirog hisoblanadi:





100 g of corn  – 97 kcal

Uning tarkibida uglevodlar, seluloza, oqsillar, B va E vitaminlari, kaliy, fosfor, magniy, temir va sink moddalari bor.

corn-1

Yoshlik eleksiri

Tarkibidagi Magniy moddasi, tananing yoshiga bog’liq bo’lgan kasalliklar bilan keluvchi ushbu modda tanqisligini qoplaydi. Katta yoshliklarning vitamin B1 ga bo’lgan talabini 150 g. jo’xori bilan qondirish mumkin. Uning tarkibida sklerozdan himoya qiluvchi va anti-toksin hisoblangan vitamin E ham mavjud. Kundalik menyuga jo’xorini kiritish yurak kasalliklari va saratonning xavfini kamaytiradi. Jo’xorining tarkibidagi uglevodlar tanamizni quvvat bilan ta’minlaydi.

Ozg’in va beg’alva

Jo’xori stressga qarshi vositav hisoblanadi. U B guruh vitaminlari va nerv tizimi, muskullar, yurak va qizil qon tanachalari ishlab chiqilishiga yordam beruvhi B1 vitaminiga boy.

corn-2

Tilla yomg’ir
Jo’xori Markaziy Amerikadan tarqagan bo’lib miloddan avvlagi 7000-yillarda o’stirilganligi haqida ma’lumotlar bor. U Maya, Astek va Ink qabilalalrining asosiy taomi hisoblangan. Jo’xori ularning madaniyatining qismi bo’lgan. Astek afsonalariga ko’ra Quyosh ilohi xalqni to’ydirish uchun jo’xorini yuborgan.
U Yevropaga boshqa o’simliklar kabi Kolumb bilan birga kelgan. Dastlab, u “Hind bug’doyi” sifatida tanilgan. Fransiyaliklar va Italyanlar uni 16-asrdan boshlab o’stirishni boshlashgan. Ispanlar va Portugallar tufayli jo’xori Afrika mamlakatlarida keng tarqaldi. Boshida jo’xori keng tarqalmagan edi, faqatgina undan tayorlangan un iste’mol qilingan. Bu holat 19-asrga kelib katta hajmlarda o’stirilguncha davom etdi.
Bugungi kunda, jo’xori juda ko’p taomlarda ishlatiladi. Jo’xori uni, non va pishiriqlar hamda Italyan poloneta tayorlashda ishlatiladi. U Meksika tortilasi, tako va enchiladas uchun asos bo’lib kelmoqda. Salatlar va issiq taomlarga qo’shilgan bu don mahsuloti go’shtdan tayorlangan ovqatlar bilan ham yaxshi mos keladi. Biz uni ko’pincha pop-korn yoki bo’tqa ko’rinishda iste’mol qilamiz. Bundan tashqari, jo’xori burbon ishlab chiqarilishida ishlatiladi.

corn-3

Kuniga 300 million

Meksikada shu songa teng tortila har kuni iste’mol qilinadi! Bu yiliga 100 milliard tortilaga teng!

Bog’dagi Iloh

Amerika hindulari jo’xorini qovoq va no’xat qatorida qishloq xo’jalik ilohlaridan biri deb tan olishgan.

Ularning madaniyatida keng qo’llanilgan:

  • Urug’lar – yog’, va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun,
  • Barglar – qo’g’irchoqlar va oyoq kiyimlar ishlab chiqarish uchun,
  • Dafn etish marosimlarida.
, , ,