Bulg’or qalampiri

foydali

Issiq sevar o’simlik turlariga qarab turli shakl, rang va o’lchamli mevalari uchun yetishtiriladi.

Consumption of peppers prevent cancer, cataracts and arthritis.

100 g bulg’or – 26 kkal

Beta-karotin bilan birgalikda A va C vitaminlar manbaidir. Yashil bulg’or qalampirlar tarkibida C vitaminlar ko’p, sariq va qizil bulg’or qalampirlarda esa beta-karotin.

Kashandalar qutqaruvchisi

Ashaddiy hamda ba’zida chekuvchilar diqqatiga – menyuingiz tarkibidagi bulg’or qalampiri saraton xastaligi va emfizemaga chalinish ehtimolini kamaytiradi.

Rangli himoya

Sabzavotlar orasda petrushka yaproqlaridan so’ng bulg’or qalampirlari C vitaminining eng boy manbaidir. Bulg’or qalampirining 200 grami kattalarni vitaminga bo’lgan kunlik ehtiyojini qoplaydi. C vitaminlardan so’ng, radikallarga qarshi bulg’or qalampirida A vitamini mavjud. Bu duet, xolesterol to’planishini oldini olib skleroz va yurak xastaliklaridan saqlaydi. Yana u saraton, katarakta va artrit xastaliklarini oldini oladi.

Qilich kabi o’tkir

Skovayil jadvali 1912 yildan buyon mavjud – u maxsus jadval bo’lib qalampirlar o’tkirligini o’lchaydi.

 Peppers are richest source of vitamin C

Bir zamonlar Amerikada

Bulg’or qalampirlar Amerikada yetishtirilgan eng qadimgi sabzavotdir. Ularning urug’i 5000 yil ilgari topilgan. Bulg’or qalampirlar Perudan keltirilgan. Makkajo’xori, loviyalar va qovoqdan so’ng bulg’or qalampiri Kolumbdan kelishida ilgari yetishtirilgan sabzavotdir. Ular Yevropaga Kolumbning tabiblari tomonidan keltirilgan. XVI asrdan boshlab u Yevropa bo’ylab tarqalib Balkan va O’rta Yer dengizi davlatlarining taomlaridan joy oldi. Qolaversa u Vengriyaliklarning asosiy milliy sabzavoti va ziravoridir.

Musiqaviy sabzavot
Achchiq bulg’or qalampir  turidan birini silkitganda tovush chiqarishi sababli “Cascabel” – “qo’ng’iroqlarning chalinishi” degan nom olgan.

, , ,