Brokkoli

foydali

Karamlar oilasiga mansub yashil gullari uchun o’stiriladigan yillik o’simlik. Asosan Angliya, Ispaniya va Italiyada topsa bo’ladi.

100 g. brokkoli – 25 kkal

Tarkibida seluloza, kaliy, fosfor, kalsiy, temir, sink, magniy, oltingugurt, vitamin C, B1, B2, B5, B6, PP, E, K va pro-vitamin A moddalari bor.
broccoli2

Stressdan uzoda bo’ling

Brokkolininig davomiy iste’moli stressga qarshi yaxshi vosita bo’ladi.

broccoli1

Vitamin bombasi

Brokolli turli xil vitaminlar va minerallarning boy manba’sidir – xususan kaliy, folik kislotasi, temir, beta-karotin va oltingugurt aralashmalari. Brokkoli yeyish natijasida biz immun tizimimizni mahkamlaymiz, anemiya, infeksiya, o’pka kasalliklari, saratonni oldini olamiz. Bundan tashqari brokkoli qarish jarayonini sekinlashtiradi!

Ko’krak uchun S.O.S.

Brokkoli tarkibida ko’krak saratonini oldini oluvchi sulforafan moddasi bor. U saraton hujayralari bo’linishini oldini olib kasallikning rivojlanishini to’xtatadi.

broccoli3

Brokkoli yoki limon?

Brokkoli limon kabi bir hil miqdorda Vitamin C ni o’z tarkibiga oladi.

Don Brokkoli

Brokkoli O’rtayer Dengizi hududidan kelgan. Uning nomi Italyan brokko so’zidan olinib shox va nihol ma’nosini bildiradi. U qadim zamonlarda ham o’stirilganligiga qaramasdan Yevropada 16-asrga kelib keng tarqaldi. Italiyan emmigrantlar uni AQShga olib keldilar. Uning yanada ham keng tarqalishi 1-Jahon Urushidan keyin bo’ldi.United States.

Mashhurmadaniyatda brokkoli eng yoqtirilmagan sabzavot sifatida ishlatilgan. Ko’plab komediya dasturlari va bolalar multfilmlarida u tushlikning kam yoqtirilgan qismi va yomon ko’rilgan sabzavot sifatida ko’rsatilgan. Agarda siz bunga bolaligingizdan ishonsangiz va brokkolini tushlik uchun qo’shimcha taom yoki salat masallig’i sifatida yoktirish bilan muammo tug’ilayotgan bo’lsa bizda bunga yechim bor. Brokkoli kokteil va sharbatlarning ajoyib masallig’idir. Uni sevimli mevangiz bilan aralashtiring va mazali vitamin bombasini kashf eting!

Misol uchun:

  • 1 dona muzlatilgan banan
  • bir nechta muzlatilgan qulupnaylar
  • 4 dona muzlatilgan brokkoli gullari
  • bir nechta qoshiq vanilin Qatiq (suyuqlik darajasiga bog’liq)
  • 1/2 osh qoshiq yer yong’oq yog’i
  • 1/4 finjon sovuq suv
, , ,