Yurak uchun dieta

foydali

Yuragimiz juda qattiq ishlaydi shuning uchun uni himoyalashimiz va samarali himoyalashni bilishimiz lozim.

Xolesterol – yuragimizning dushmani

Xolesterolni asosiy qismini tanamiz taomdan oladi. Qo’yilmalar qon tomirlarida shakillanib arterioskleroz, yurak huruji va qon bosimini ortishiga olib keladi. Shuning uchun jismoniy faoliyat va to’g’ri dieta kunlik hayotimizda muhim o’rin egallaydi.

Yurak uchun foydali bo’lgan mahsulotlar:

  • Meva va sabzavotlar – kuniga 5 maxaldan. Kunlik menyuimizda kamida yarim killogram meva va sabzavotlar bo’lishi lozim. Ular tolaga boy bo’libgina qolmay ular tarkibida antioksidantlar (beta-karotin, C va E vitaminlari) mavjuddir. Ularda yana arteriosklerozga olib keluvchi moddalarni erituvchi folik kislotasi va B guruhi vitaminlari mavjud. Ularning eng yaxshisi yashil bargli sabzavotlar va sitrus mevalardir.
  • Yog’siz sut mahsulotlari – kuniga 3 – 4 maxal. Sut, yogurt va pishloqlar kalsiyni eng yaxshi manbayi ular yog’larni eritib kerakli vaznni saqlab turadilar va bu yurak hastaliklarini oldini olishda muhim o’rin tutadi.
  • Yog’siz go’shtlar – haftasiga 3 – 4 marta. Mol, cho’chqa va qo’y go’shtlarida asosan tanadan chiqadigan va ba’zilari hujayralarda uchraydigan va ayniqsa qon tomir va arteriyalarda uchrab yurak qon tomir xastaliklariga olib keluvchi sial kislotasi mavjud. Shuning uchun bu go’shtlar iste’molidan qochib yog’siz masalan tovuq go’shtini iste’mol qilgan ma’qul.
  • Donlar – kuniga 4 – 5 maxal. Bu elanmagan unlardan bo’lgan mahsulotlar arpa noni, jigarrang guruch, myusli va suli yormasi kabilardir chunki ular tolaga boydir. Tola taomdagi xolesterol bo’laklarini shimib oladi va uni tanaga so’rilishini oldini oladi.
  • Yog’li dengiz baliqlar – haftasiga 3 marta. Losos, tunes yoki sardinalar, qondagi triglitseridlarni kamaytiruvchi va tromblarga qarshi xususiyatlarga ega, omega 3 guruhi yog’li kislotalarga boydirlar. Baliqlarni grilda pishirib yoki qovurib iste’mol qilgan yaxshi, non uvoqlari o’rniga foydali yog’li kislotalari mavjud bo’lgan iondan foydalaning.

Nima zararli va o’zingizga qanday yordam berishingiz mumkin

Yurakka jismoniy faoliyat kamligi va xolesterolga boy dietadan og’irlik tushadi. Yurak holati chekish va boshqa moddalardan yomonlashadi. Diabet, semizlik va hattoki gripp yoki depressiya uni nimjonlashtiradi. Biron bir maxsus dietani qo’llashni o’zi bizga hayratlanarli natija ko’rsatmaydi biroq sog’lom turmush tarzi bilan birgalikda u qon aylanish tizimi faoliyatiga juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shuni yodda tutishimiz kerakki yurak xastaliklarining asosiy sababchisi arterioskleroz uzoq vaqt davomida asta sekin va kasallikni ko’rinmas belgilari bilan rivojlanadi.

, , , , ,