Sabzavotlar – dasturxoningizdagi vitaminlar

foydali

Vitaminlar tanamizning to’g’ri faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan moddalardir hamda ba’zilari to’g’ri rivojlanish uchun zarurdir. Vitaminlar qayerda bo’lishini bilish yaxshidir…

all vegetable has different type  vitamin
Tanamiz o’zi ishlab chiqara olmaydigan 13 xil vitaminlar mavjud bo’lib biz ularni taom orqali ta’minlashimiz zarur. Vitaminlarning vazifalari nimalardan iborat? Qaysi sabzavotlarda ularni uchratishimiz mumkin?

A vitamini – beta karotin

» o’sishga ta’sir ko’rsatadi, ko’z ko’rishini yaxshilaydi, terini himoyalaydi,
» brokkoli, sabzi, karam, Brussel karami, tsukini, sachratqi, ismaloq, latuk salati, shovul, pasternak, momaqaymoq, no’xat, oshqovoq, soya.

 
B1, B2, B3, B6 vitaminlari 

» asab tizimi va mushaklarning to’g’ri faoliyat ko’rsatishi uchun javob beradi,
» baqlajon, ismaloq, loviyalar, latuk salati, yasmiq, shovul, momaqaymoq, no’xatlar, kartoshka, soya, pomidorlar.


B9 vitamini 

» qonning qizil tanachalari ishlab chiqishini, o’sishi va ko’payishini dastaklaydi, proteinlarni o’zlashtirilishini yengillashtiradi,

» sarsabil, brokkoli, karam, ismaloq, uzun loviya, latuk salati, kartoshkalar, ko’k piyoz, no’xatlar, yasmiq.

C vitamini

»  infektsiyalarga qarshi immunitetni kuchaytiradi, charchoqqa qarshi kurashadi, temir moddasini so’rilishiga yordam beradi,
» brokkoli, Brussel karamlari, gulkaram, shovul, sachratqi, ismaloq, latuk salat, sholg’om, pasternak, momaqaymoq, qalampir, rediska, pomidorlar.

 

D vitamini

» skelet tizimini kuchaytiradi, raxitni oldini oladi, chidamlilikni yaxshilaydi

» qo’ziqorinlar

E vitamini

» hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi va to’qimalarga ijobiy ta’sir qiladi,
» sarsabil, latuk salati, ismaloq, no’xatlar, soya.

 

H vitamini

» sochlarni oqarishini va to’kilishini sekinlashtiradi, qon ivishini tezlashtiradi

» qo’ziqorinlar, sabzilar, pomidorlar, ismaloq

K vitamini

» qon ivuchanligiga yordam beradi, osteoporozni oldini oladi
» brokkoli, sabzi, karam, gulkaram, uzun loviya, latuk salati, kartoshkalar.

 
P vitamini

» milklarni qonashini kamaytirishda va  allergiyalarda yordam beradi

» do’lana, karam, pomidorlar, salat bargi, ismaloq, kartoshkalar

, ,