Shamollashni qanday qilib oldini olish mumkin

foydali

Imunitetingizni kuchaytiring. Bizni maslahatimizga quloq soling va siz butun qish sog’lom qolasiz.

Buni bilib qo’ygan yaxshi – ba’zi holatlardan tashqari –tanangizni immuniteti sizga va siz u bilan qanday muomalada bo’lishingizga bog’liqdir. U hayot tarzingizga, iste’mol qilayotgan taomingizga, uxlash va mashq qilish uchun ajratgan vaqtingizga bog’liqdir.

1. Dieta qilishda aqilli bo’ling

Siyqasi chiqqan so’zga o’xshasada, tanangiz immunitetini mustahkamlashning eng yaxshi yo’li bu meva va sabzavotlarni iste’mol qilishlikdir. Ular tarkibidagi vitamin va mikroelementlar bakteriya va viruslarga qarshi kurashuvchi qondagi oq hujayralarini ishlab chiqishini ko’paytiradi. Antitelolar ishlab chiqishda juda muhim o’rin o’ynaydigan proteinli taomlarni qo’shing. Taomingizga bir osh qoshiq bug’doy murtagini yoki kungaboqar urug’ini qo’shsangiz – immunitet tizimini antilelolar ishlab chiqarishga undaydigan sitokinezlar ishlab chiqishini rag’batlantirgan bo’lasiz.

2. Chin yurakdan kuling

Kulganingizda, siz o’pkangizni uch barovar ko’proq havo bilan ta’minlaysiz va tanangizga ko’proq kislorod borib immunitet tizimingiz faoliyati yaxshilanadi. Stressni kamaytirishni ham o’rganing. Bizning immunitet tizimimiz asab tizimimizga ham bog’liqligini ham bilib qo’yganimiz yaxshi. Qiyin holatlarda, tanamiz “stress garmoni” ishlab chiqaradi. Uzun stressli davrlar infeksiyaga qarshi kurashuvchi hujayralarga zarar berishi mumkin. Biz stressli holatlardan qocha olmasligimiz mumkin biroq biz uni sokinlashtirishni o’rganishimiz mumkin. Qanday qilib? Yoga, sayir qilish, film ko’rish, baqirish, taom tayyorlash, pol yuvish, yotib musiqa eshitish orqali.

3. Chiniqish

Doimiy kunlik faoliyatlar vaksina kabidir. Oddiy vaksina kabi bu faoliyatlarni malaka bilan bajarish kerak. Shokli terapiya biz kutayotgan natijani teskarisini berishi mumkin.

 
Uyingizni yaxshilab shammolatib turing. Uxlagan paytingizda derazangiz ochiq bo’lsin. Ichki harorat 20 darajaga yetganida – isitkichni o’chirib qo’ying. Juda issiq kiyinib olmang. Tanangizni juda isitib yuborish juda sovutish kabi xavflidir. Uyingizda, paypoqlaringizni yechib yuring, iliq sviterdan ko’ra futbolka kiyib yuring.

4. Alkogol va tamakidan yiroq turing

Alkogol A, C, E va B vitaminlar va selen darajasini kamaytiradi hamda immunitet tizimingizni tez yomonlashtiradi. Chekish erkin radikallarni ishlab chiqarishini ko’paytiradi. Erkin radikallarni doimiy monitoring himoya kuchini cho’zadi. Sigaret tutuni burun va tomog’ni bo’luvchi epiteliyga va bakteriyalarni haydovchi kipriklarga ham zarar beradi.

Immunitetingizni ko’tarish uchun vitamin va mikroelementlar:

  • Mis – immunitet tizimi faoliyatiga yordam beradi. Siz uni yong’oqlar, oshqovoq urug’i, shokoladda topasiz.
  • Rux – uning yordamida qonning oq hujayralari suyakning iligida ishlab chiqiladi. Limfositlar ishlab chiqishiga javobgar bo’lgan timus faoliyatini nazorat qiladi. Uni dengiz mahsulotlarida, go’sht va dukkaklilarda topasiz.
  • A vitamini – uni qondagi darajasi pasayib ketishi timusni kuchayishiga va qonning oq hujayralarini kamayishiga olib keladi. A vitamini go’shtlarda (ayniqsa jigarda), saryog’, sut va pishloqlarda topilishi mumkin.
  • Folik kislotasi – suyak iligidan qonning oq hujayralarini ishlab chiqishini nazorat qiladi. Uni dukkaklilarda, yashil bargli sabzavotlarda topish mumkin.
  • E vitamini – erkin radikallar bilan kurashib himoya kuchini rag’batlantiradi. Uning eng yaxshi manbai kungaboqar urug’i, yeryong’oq, bug’doy murtagi, pishirilgan ismaloq, o’simlik yogi, baliq yog’i, yong’oqlar, tuxumlar va baliqdir.
, , , ,