Ko’p qurbonlar va qiyinchiliksiz qanday ozish mumkin

foydali

Qiyinchiliksiz qanday ozish mumkin? Likopingizdagi narsalarga e’tibor bering. Ko’pincha semirish sababi tananing kimyoviy muvozanatini buzilishida. Muvozanatni tiklash uchun, doimiy mahsulotlarni biroq boshqa nisbatda iste’mol qilish o’zi yetarli.

Siz doimo charchagan, quvvatsizmisiz buning ustiga qorningiz kattalashib boryaptimi? Yana siz qo’llagan dietalar samarasiz ko’rinyaptimi? Siz likopingizga odatda nima qo’yayotganingizga yaxshiroq nazar soling. Noto’g’ri modda almashinuvi va semirishning sabablaridan biri ortiqcha kislotalar bo’lishi mumkin. Ba’zi doim iste’mol qilayotgan mahsulotlaringiz masalan go’shtlar, tuxumlar, sovuq gazaklar tarkibida tanamizga ta’sir etuvchi kislotolar bo’lishi mumkin va bu natijada modda almashinuvini sekinlashtirishi, vazn ortishi va o’zingizni yomon his qilishingizga olib kelishi mumkin.

  • Ishqorlovchi ta’sirli mahsulotlar sabzavotli (no’xat va soyadan tashqari), mevali (klyukva va chernikalardan tashqari) va sut mahsulotli taomlarning 3/4 ni tashkil etishi lozim.
  • Oksidlovchi ta’sirli mahsulotlar, turli g’oshtli, sovuq gazaklar, yog’lar, pishloqlar, tuxumlar (ayniqsa sarig’i), shakar va shirinliklar, guruch, makaron, suli bo’tqasi, myusli, bug’doy, kepakli non va yong’oqli taomlarning 1/4 qismini tashkil qilishi kerak.

Yashil kokteyllar – zaharli moddalardan tozalaydi va quvvat bag’ishlaydi

Tabiiy yogurt, yangi bodring, 1/2 sarimsoq, 1/2 yangi yalpiz barglarini blenderda aralashtiring. So’ngra tam uchun biroz tuz va murch qo’shing. Uni sovutgichda sovutgandan so’ng iching.

Ozish kuni

Har bir taomning 3/4 qismi ishqor hosil qiluvchi mahsulotlardan (asosan meva va sabzavotlar) va 1/4 qismi kislota hosil qiluvchi mahsulotlardan (go’shtlar, yog’lar) iborat bo’lishi lozim – bu tanangizda kimyoviy balansni tiklash va hattoki 7 kunda 4 kilogacha ozishda yordam beradi.

 
Dieta davomida kamida 8 stakan suyuqlik iching, siz yangi sabzavot va mevalar sharbatini, giyohli choylar, ma’dan suv (oz mineralli va gazlanmagan, chunki gazlangan suv tarkibida kislota hosil qiluvchi karbonat angidrid gazi mavjud) ichishingiz mumkin.

Na’munaviy menyu

Nonushta – bir kosa yogurt (qatiq yoki sut) 3 osh qoshiq myuesli va 1/2 chashka meva aralashmasi, bir choy qoshiq asal, yangi apelsin sharbati bilan

Soat 11larda – pasta: 1/2 tunes konservasining 2 osh qoshiq yashil no’xat bilan aralashmasi, qizil bulg’or qalampiri, pomidor bilan aralashtirilgan, bir chashka yashil choy.

Tushlik – 2 blinchik sabzavotli (maydalangan 2 osh qoshiq ismaloq, yarimtadan: avakado, bodring, pomidor, kichik qovoqcha, 5ta brokkoli guli va 14g tofu), yarimta limon suvi qo’shilgan bir stakan suv yoki yashil kokteyl.

Tamaddi – Bir kosa maydalangan yangi sabzavotlar: sabzilar, bodring, bulg’or qalampiri, 1/2 chashka giyohli yogurt sousi, 15 g pishirilgan tovuq to’shi, yashil kokteyl.

Kechki ovqat – 10 g treska (yoki forel) ziravorlar bilan (masalan qalampir, sarimsoq), xom sabzavotlar (latuk salati, yarimtadan: bulg’or qalampiri, bodring, pomidor, 3 ta rediska) va bug’da pishirilgan sabzavotlar (bir ikkita brokkoli va gulkaram guli, sabzi, yupka kesilgan qizilcha), bir osh qoshiq yashil no’xat, barchasi ziravorlar, limon suvi va zaytun bilan aralashtirilgan, giyoxli choy

 

, , ,