Qish paytida qanday qilib sovqatmaslik va vazn olmaslik mumkin

foydali

Qish qanchalik sovuq bo’lsa biz shunchalik shirin va yog’ga boy narsalarga intilamiz. Keraksiz kaloriyalarni olmasdan qanday qilib issiq qolishni bilasizmi?

Sovuq havo paytida

  • Yaxshilab nonushta qilishni unutmang va oxirida sut va choy iching.
  • Taomlarni doimiy ravishda iste’mol qiling; sovqatgunga qadar o’zingizni och qoldirmang.
  • Kuniga kamida ikki mahal issiq ovqat iste’mol qiling. Tanangiz oz energiya sarf etadi va ovqatni hazm qilishdan oldin isitishi kerak bo’lmaydi.

Meva va sabzavotlarni ham unutmang

Agarda kuniga kamida ikki mahal meva va sabzavotlarni iste’mol qilsangiz, sizda immunitetni pasaytiruvchi vitamin tanqisligi bo’lmaydi. Vitamin va minerlalar tanani hazm qilish tizimini me’yorlashtiradi. Agarda biz tanamizni vitamin bilan ta’minlamasak, u yog’ni ishlatish o’rniga saqlashni boshlaydi bu esa o’z navbatida semirishga olib keladi. Siz qimmatli yangi meva va sabzavotlarni sotib olishingiz shart emas, muzlatilganlari ham yaxshi bo’ladi.

Nozik bo’lishni xohlaysizmi? Achchiqlardan foydalaning

Achchiqlar tanamizni isitib qon aylanish tizimimizni yaxshilaydi. Bir vaqtni o’zida, bakteriyalarni o’ldirish orqali, shamollashdan saqlaydi. Modda almashinuvini yaxshilash orqali ular ovqat hazm bo’lishiga yordam beradi va bu o’z navbatida ozishga olib keladi. Achchiqlarni sho’rva, sous, go’sht va baliqlarga qo’shing – ularni turli qalampirlar, dafna bargi, murch, rozmarin, zanjabil va dolchin bilan aralashtiring.

Sho’rvalarni tanlang

Sho’rvalar semirtirmaydi; aksincha ular ozdiradi – chunki ular asosan suvdan iboratdir. Ular tanani juda yaxshi isituvchi mazali sabzavotlar va isitish ta’sirini kuchaytiruvchi ziravorlarga asoslangan. Bir bo’lak go’shtli sho’rvaning o’zi kuchli taom bo’lishi mumkin, hamda mazali sho’rva suvi kaloriyaga boy bo’lishi shart emas. 1 chashka sho’rva suvi faqatgina 100 kkal bilan ta’minlaydi, bu esa eng kam kunlik kaloriya ehtiyojining 5% dir. Siz qomatingizni o’ylamasdan isinish uchun mazali sho’rva ichishingiz mumkin.

 

Yog’li taomlardan chetroq turing

Bizda kaloriyali taomlar bizni issiq tutadi degan g’oya mavjud. Yog’lar bizning asab tizimimiz va ichki organlarimizni himoya qilish hamda gormonlar ishlab chiqarish uchun lozim, biroq kunlik iste’molimizning yarmi (kuniga 70g) o’zi yetarli, qolgani esa yog’ hujayralari tomonidan so’riladi va biz semiramiz. Yupqa qilib kesilgan sovuq go’sht mahsulotlarini tanlang va go’shtni alyuminiy qog’ozida pishiring.

 

Hech qachon isinish uchun alkogoldan foydalanmang

Ayniqsa och qoringa. Aslida biz bir ikki yutumdan keyin isinsakda, u tezda singib ketadi va sezuvchanlik yo’qoladi. Ushbu tarzda isinishdan keyin sovuq havoda tashqariga chiqish himoyalanmagan tana qismlarini muzlab qolishiga sabab bo’ladi. Alkogol asab tizimini javob berishini sekinlashtiradi va u sovuqni sezishni kechiktiradi.

, , ,