Ovqatlanish odatlari – sog’lom ovqatlanish uslubini taqdim eting

foydali

Noto’g’ri ovqatlanish usuli bolaligimizdagi o’rgangan odatlarimizga bog’liqdir. Boshqa sabablar ichida tayyor taomlar ham bo’lishi mumkin. Bu odatlarni qanday qilib o’zgartirishimiz mumkin?

Meva va sabzavotlar kuniga 5 mahal

Sabzavotlar asosan foydali uglevodlar, vitaminlar va minerallardan tashkil topadi. Mevalar asosan vitaminlar bilan ta’minlaydi. Bozorimizda ularning turlari juda ko’pdir; Hattoki qish mavsumida ko’plab turlari bo’ladi. Agarda yangi meva va sabzavotlarni topa olmasak ularni muzlatilgani va konservalangani doimo mavjuddir.

Suv va jismoniy faoliyat

Keling har kuni suv ichishga odatlanaylik – u dietamizning ajralmas qismidir . Katta yoshdagi inson kuniga 1,5 l dan 2 l gacha suyuqlik ichishi lozim. Jismoniy faoliyat, bu boshqa yana bir yaxshi odatdir agarda sog’lig’imiz biz uchun muhim bo’lsa. Eng yaxshisi bizga roxat bag’ishlaydigan jismoniy faoliyat bilan shug’ullishdir.

Ovqatlanish madaniyati

Agarda siz bazmda bo’sangiz ismaloqni yoqtirmaganligingiz uchun iste’mol qilmaslik bu to’g’ri emas. Uni likopingizda qoldirish to’g’ri emas chunki uning tarkibida ko’plab vitaminlar bor. Yangi ta’mni ochish yoki yangi taomda yangi usuldagi ta’mni sezish juda maroqlidir, u bizni menyuimizni boyitib tanamizni unga exhiyoji bo’lgan ozuqalar bilan ta’minlashimiz mumkin.

Bozor qilishni rejalashtirish

Agarda bozorlikni rejalashtirsak, biz nima iste’mol qilayotganimizni nazorat qilishimiz oson bo’ladi va bizga xilma xil va foydaliroq iste’mol qilish imkoniyatini beradi. Tammadi qilish uchun yogurt, meva, sabzavotlar va yong’oqlarni tanlaylik. Shirinlik uchun faqatgina kaloriyasi bo’lmaganlarni tanlaylik.

 

Hayvon yog’ini o’simlik yog’iga almashish

Hayvon yog’lari tanamizda xolesterol miqdorini ko’paytiradi, shuning uchun go’sht  tanlayotganda uni yog’sizligiga e’tibor berishimiz lozim. Yana biz taomlarni o’simlik va zaytun yog’larida tayyorlashni o’rganishimiz lozim. Yaxshi tagi olmaydigan va yog’siz pishirib bo’ladigan tova sotib olish lozim.

Kamroq tuz va shakar

Inson tanasida tuz muhim o’rin tutadi, biroq uning kunlik iste’moli kattalar uchun 5-6 g dan oshmasligi lozim. Yana biz shakar iste’molini ham cheklashimiz kerak. Sog’lom ovqatlanish tarziga rioya qilish unchalik qiyin emas.

, , , ,