Ortiqcha vazn bilan bog’liq Dieta va Mashqlar to’g’risida Afsonalar

chiroyli

Bugungi kunda ortiqcha vazn dunyoning turli qismlarida ko’p gapirilib noto’g’ri afsonalar keltirib chiqishiga va odamlar bunga amal qilib ahvolini yaxshilash o’rniga yomonlashishiga olib kelmoqtadir.

Ortiqcha vazn

Dunyo bo’yicha semizlik epidemiyasi tarkalishi bilan, ko’plab insonlar tez ozish va ortiqcha vaznni yo’qotish yo’lini izlashni boshlaydilar. Ba’zida ular noto’g’ri xulosaga kelib xato qaror qabul qiladilar.

Kuyidagilar dieta va mashqlar to’g’risidagi ko’p uchraydigan afsonalardir:

  1. Ko’pchilik insonlar kaloriyani kamaytirish ortiqcha vazn yo’qotishda yordam beradi deb o’ylaydilar. To’g’ri, biroq bu oz miqdorda. Agarda siz kaloriya iste’molini kamaytirish orqali ozishga qaror qilsangiz, siz ozuqa almashinishini ushlab turish uchun kerakli muskul hosil qilish maqsadida to’g’ri jismoniy mashqlar bilan to’ldirishingiz lozim.
  2. Ko’pchilik insonlar qorindagi yog’lardan doimiy maydalash orqali xalos bo’lish mumkin deb o’ylaydilar. Aslida qorindagi yog’lar butun tanadagi yog’larni aks ettiradi, shunday ekan faqatgina ushbu yerga kuch ishlatib uni yo’qotishni iloji yo’q. Qorindagi yog’lardan xalos bo’lish uchun, siz butun tana uchun to’g’ri mashqlar dasturini ishlab chiqishingiz va yog’larni eritishingiz lozim.
  3. Yana boshqa dieta va mashqlar to’g’risidagi ommaviy afsona bu mashqlar yog’larni muskulga aylantirishidir. Haqiqatda esa, bular ikkita turli hujayradan tashkil topgan tuzilmalardir. Agarda siz yog’ni eritib muskul hosil qilmoqchi bo’lsangiz, siz ikki xil alohida ‘dastur’ ishlab chiqishingiz lozim.