Foydali Oziqlanish bo’yicha maslahatlar

foydali

Barchamizga ma’lum foydali ozuqa juda muhim. Biroq buning asl ma’nosi nima va biz qanday qilib foydali ovqatlanishni bilishimiz kerak?

Foydali ozuqa – tabiiydir!

Tanangizni ichki va tashqi tarafdan oson va oqilona o’zgartirish yo’li bu foydali ovqatlanishdir. Qanday maqsadga erishishni istasangiz ham kichik strategiyaga ega bo’lishingiz kerak – qo’rqmasligingiz lozim. Asoslarni bilsangiz sog’lom yurak va nozik bel uchun to’g’ri strategiyani tanlash juda oson va tabiiy.

Har bir taomda siz uchun maxsus narsa bor – tanangiz to’g’ri faoliyat yurgizishi uchun zarur bo’lgan  vitaminlar. Ba’zi taomlar vazn tashlashda yordam beradi, boshqalari quvvatli bo’lishingizga yordam beradi. Tabiiy ovqatlanish dunyosi haqiqatdan ham qiziqarlidir. Sog’lom hayot kechirishdan qanchalik foyda kelayotgannini bilib olganingizdan so’ng siz orqaga qaytishni xohlamaysiz.

tips2

Muvafaqqiyatingizni parvarish qiling

Foydali ovqatlanish va to’g’ri oziqlanish bo’yicha haqiqat bu siz muvafaqqiyatga yaqin turishingizdir. Siz foydali taomlar olamiga yangi bo’lasizmi yoki bu sohada yangilik izlayotgan mutaxassismi siz bizning foydali maslahatlarimizda doimo o’zingizga qiziqarlisini topasiz. Ularni ba’zilarini yoki barchasini kunlik ovqatlanish odatlaringizda qo’llang va natija sizni kuttirib qo’ymaydi.

tips3

Har kim o’zgachadir, bu sog’lom dieta bilan yashash har kimga har-xil deganidir. Ba’zi insonlarga bir kunda nosog’lom odatlaridan voz kechib ularni sog’lom ovqatlanish qoidalari bilan almashtirish oson kechadi. Boshqa insonlar sabzavot va mevalarni doimiy dietasiga asta sekin qo’shishiga to’g’ri keladi.

Eng muhim masala sog’lig’ingiz haqida o’ylash va iste’mol qilayotgan har bir narsangiz to’g’ridan to’g’ri o’zingizni qanday sezishingizga ta’sir qilishini anglashdir. Siz sog’lom ovqatlanish foydasini tez orada sezasiz, siz kam charchaysiz, va o’zingizni baxtliroq sezasiz. Faqatgina sog’lom ovqatlanishga harakat qilib ko’ring!