Zararli parhezlar oldini olish

foydali

Bu erda sizga sog’lom ovqatlanishingiz uchun maslahatlar beramiz, orzu qilganingizday qomatga erishish uchun nimalardan o’zingizni tiyishingizni ko’rib chiqamiz.

 

Zararli parhezlar

Yoz yaqinlashishi bilan ozish uchun ming xil tavsiyalarni eshitamiz, qadimiy Grek ma’budaning qomatidek xolatga keltiradigan turli xil maxsulotlarning reklamalarini ko’rishimiz mumkin. Haqiqatdan xam ajoyib maxsulotlar, lekin ular bizga qanchalik qimmatga tusharkan?

Ko’pincha parhezlarning nojo’ya ta’sirlari e’tiborga olinmay qolib ketadi, lekin bunga noto’g’ri baho berish yaxshimas. Esingizda tuting sog’lom parhez bu sizning organizmingiz yaxshiroq ishlashiga yordam beruvchi, moddalar almashuvini yaxshilovchi va immunitet tizimining pasayishiga olib kelmaydigan parhezdir.

Qimmatli vitaminlar, minerallar, protein va murakkab uglevodlar va zaytun yog’i tarkibida bor bo’lgan to’yiltirilmagan yog’larni iste’mol qilishga e’tibor qaratish juda muhimdir. Shu orada, quruq shakar, pasta, yog’, qovurilgan ovqatlardan uzingizni yiroq tuting. Alkogolsiz ichimliklar iste’mol qilish ham juda zararlidir, chunki ularning ichida sellyulitga olib keluvchi konservantlar va rang beruvchi moddalar bor. Kuniga ikki litrcha oddiy suv ichishni unutmang, chunki ulimfa tugunlarini tozalaydi. Oxirgi maslaxatimiz – Agar parhez davomida ko’k choy ham iste’mol qilissangiz sizga natijalar a’lo darajada bo’lishiga kafolat beramiz. 

, , , ,