Foydali O’rin Bosuvchi Tamoil Bilan Dietik Taom Tayyorlash Oson

foydali

O’zingizga qulay va oson dieta topishqa qiynalyapsizmi? Ozuqa piramidangizda sog’lom masalliqlarga joy topa olmayapsizmi? Ushbu maqola sizga ovqatlanish odatlaringizni foydali o’rin bosuvchi tamoillarini qo’llash orqali qanday yaxshilashni ko’rsatadi– asta-asta, biroq aniq.

Foydali masalliqlar

Foydali o’rin bosuvchi ozuqaviy tamoil oson dietik tizimdir – aslini olganda, u eng soddasidir. Har kim bu orqali dietasini yaxshi tomonga o’zgartirishi mumkin – oz-ozdan, o’sib boruvchan, biroq kelajakda hayotni o’zgartiruvchi.

Foydali o’rin bosuvchi o’zi nimani anglatadi? Juda ham oson, butun tamoil ikki qoida ososida amalga oshiriladi:
  1. nosog’lom ovqatlanish odatni aniqlash; misol uchun – gazlangan suv ichish yoki uni har kuni qovurilgan kartoshka bilan iste’mol qilish;
  2. zararli odatlarga rioya qilish o’rniga foydali masalliqlar iste’mol qilish: gazlangan suv o’rniga suv ichish, qovurilgan kartoshka o’rniga sabzavotlar va hokazo.

Ushbu “dastur” har oyda – yoki istagan payt oralig’ida o’zingizda qulaylik sezgan paytda takrorlanadi. Yangi dietik odatlar shakllantirishga urunmang agarda siz eskisini hali bajarishda qiynalayotgan bo’lsangiz!

Foydali o’rin bosuvchi insonlarni ovqatlanish odatlarini butunlay o’zgartirish uchun yordam berish borasida noyobdir, chunki kichik o’zgarishlar katta axloqiy o’zgarishlarga olib keladi. Aynan oson dieta bo’lganligi sababli an’anaviy va kuchli ta’sir etuvchi dietalardan ko’ra muvafaqqiyatlidir – insonlarni to’g’ri ovqatlanish tanlovini qilishga ilhomlantiradi, nafaqat ozish balki sog’lom qolish uchun ham  to’g’ri ovqatlanishga undaydi.

, , ,