Dietik gazaklar

foydali

Barchamizga ovqatlar orasida tamaddi qilishdan qochish kerakligi ma’lum. Biroq agar o’zingizni to’xtata olmasangiz u holda vazningizga ta’sir qilmaydigan gazaklarni tanlang.

Ko’pchiligimiz ovqatlanishlar orasida tamaddi qilishga odatlanganmiz. Shokolad va chipslarni o’rnini bosuvchi tabiiy gazaklarni tanlang. Bu orqali siz tanangizni eng zarur bo’lgan ozuqa bilan ta’minlaysiz. Agarda tamaddi qilishni xohlasangiz nima tanlashni ko’rib chiqing.

 

Sabzilar

Teringiz rangini yaxshilamoqchi bo’lsangiz sabzini tanlang – doimiy ravishda sabzi iste’mol qilish teringizga toblangan holatini beradi. Sabzilar oshqozoningizga ko’makdir, ular ich qotishda yordam beradi, gaz to’planishini pasaytiradi. Qishda siz konservalangan yoki muzlatilganidan foydalanishingiz mumkin.

Olmalar

Ular ayniqsa ozish dietalaridagi insonlarga tavsiya etiladi, ular tarkibida ko’plab tola mavjud bo’lib, to’yinganlik hissini bag’ishlaydi hamda hazm qilishni yaxshilaydi. Biroq siz ularni o’ta oshirib yubormasligingiz kerak chunki uning tarkibida juda ko’p kaloriya mavjuddir. Ular tarkibida yana kalsiy, silikon mavjud bo’lib bu soch va tirnoqlar uchun yaxshidir. Uni po’stlog’i bilan iste’mol qilish muhimdir, chunki po’stlog’ida eng ko’p ozuqa moddalari mavjud.

Mayiz

Quritilgan uzumlar shirinlikka bo’lgan ishtahangizni qondiradi, bir vaqtning o’zida tarkibidagi ko’plab kalsiy suyaklarni mustahkamlab osteoporozdan saqlaydi. Bundan tashqari ular xolesterol miqdorini kamaytirishda yordam beradi. Agarda sizda hazm qilish yoki ich qotish muammosi bo’lsa biroz mayiz iste’mol qiling. Miqdorini oshirib yubormang chunki uning kaloriyasi juda yuqori.

Kungaboqar

Kungaboqar urug’lari yuragimizga foydali bo’lgan yog’lar va qimmatbaho proteinlar manbaidir. Ular asabiylashgan insonlar uchun tavsiya etiladi – ular tarkibida asab tizimimizni tinchlantirib fikrimizni jamlashda yordam beradigan magniy mavjuddir. Kungaboqar tarkibidagi rux va E vitamini terimizga juda yaxshi ta’sir qiladi.

 

Yogurt

Mevali yogurtlar o’rniga tabiiy turlarini tanlang ular oz kaloriyalidir. Uning tarkibida immunitetimizni ko’tarilishida yordam beradigan probiotik bakteriyalar borligini tekshirib ko’ring. Tarkibi uzun ro’yxatli yogurtlarni tanlamang. Ular faqat sut va ba’zi bakteriyalardan iborat bo’lishi kerak.

Guruchli pechenyelar

Ularning mazasi  turli, tuzli va shirin, bo’ladi biroq biz ustini shokolad qoplanganini tavsiya etamiz. Guruchli pechenyelar tolaga boydirlar, to’yinganlik hissini bag’ishlaydi hamda tanani zararli moddalardan tozalaydi. Pechenye tarkibidagi guruchda asab tizimimizni tinchlantiradigan magniy mavjud. Ular odatiy nonni o’rnini bosishi mumkin.

, , , ,