Dietalarni qiyinlashtiradigan ovqatlanish odatlari

foydali

Ba’zida eski bitib ketgan odatlar ozishni qiyinlashtiradi. Ba’zida tarozi ko’rsatkichi biroz tushishi uchun ba’zi odatlarni o’zgartirish o’zi yetarlidir.

1. To’gri keladigan taomni iste’mol qilishga vaqtning yo’qligi

Birgalikda iste’mol qilinadigan taomlarni kamligi yomon ovqatlanish odatlarini paydo qilishdagi asosiy sabablardan biridir. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki semizlikka chalingan bolalar ovqatlarini yarmini televizor oldida iste’mol qilishadi. Boshqa tomondan qaraganda ota-onasi bilan dasturxon atrofida ovqatlanganlar ko’proq meva va sabzavotlarni tanlaydilar, shuning
uchun ular semizlikka kam chalinadilar.

Buni qanday chetlab o’tish mumkin. Butun oila bilan birgalikda ovqatlanish uchun vaqt belgilang. Bu kechki ovqat bo’lishi mumkin agarda oila a’zolaringiz ishdan yoki maktabdan kech qaytsalar. Agarda sizda vaqt yetishmovchiligi bo’lsa, siz muzlatilgan meva va sabzavotlar, sho’rvalar, sabzavotli aralashmalar va shu kabi yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin.

2. Asabiylashganimda, men xamirli pishiriqlarni xohlayman

Tortlar, oq non va o’ramalar tarkibida ko’plab uglevodlar mavjud va ular yaxshi kayfiyatga javob beruvchi serotonin moddasini ishlab chiqishini faollashtiradilar. Bir bo’lak tortni iste’mol qilishlik sizni asabiylashishdan holi qiladi va siz vaqtinchalik yengillik his qilasiz. Shuning uchun ba’zida ushbu odatni tashlash juda ham qiyin.

Buni qanday chetlab o’tish mumkin. Ba’zida siz asabiylashishga qarshi taom bilan kurashishingiz mumkin, biroq bu qomatingiz uchun zararlidir. Bu tez orada odatga aylanib qoladi. Shirinliklar iste’mol qilish o’rniga, foydali ovqat tayyorlang. Agarda siz juda ham asabiylashgan bo’lsangiz ko’chada 15 daqiqa sayr qilib keling. Harakatlanish ham serotonin chiqarishni faollashtiradi.

3. Soat kechki 4lar orasida. O’zimni shokoladday his qilyapman

Odatda kunning ikkinchi yarmida quvvat darajamiz juda tushib ketadi. Shuning uchun o’zingizni qo’lga olishni yagona yo’li bu bir bo’lak shokolad iste’mol qilish deb o’ylaysiz.

 
Buni qanday chetlab o’tish mumkin. Kulinar taomlar bilan jang ko’pincha taslim bo’lish bilan tugaydi; u qanchalik uzoq davom etsa, mag’lubiyat shunchalik katta bo’ladi (bir bo’lak shokolad o’rniga siz shokoladni yarmini yeb yuborasiz). Ko’proq iste’mol qilishni istasangizda, siz faqat 2 yoki 3 bo’lak iste’mol qiling. Birozdan so’ng o’zingizda butunlay qoniqish his etasiz.

4. Men kechalari tamaddi qilaman

Siz kechasi dam olmoqchisiz va siz qovurilgan kartoshka va yong’oqlar yordamida tamaddi qilish orqali buni amalga oshirmoqchisiz. Bu kabi tamaddilar ochlikni qondirish emas balki tinchlanish va asabni sokinlashtirish uchundir.

Buni qanday chetlab o’tish mumkin. Qovurilgan kartoshka, yong’oq yoki boshqa kaloriyali gazaklarni uyingizda saqlamang. So’ngi taomingizni kechki soat 6.30 gacha iste’mol qilishga odatlaning. Bu vaqtdan so’ng foydali gazaklar ham sizni semirtirishga olib keladi. Va telivizor oldida taomsiz qoidasiga amal qiling.

5. Dam olish kunlari o’zimga ko’proq ruxsat etaman

Siz tartibdan chiqib ketasiz, kunlik rejangiz o’zgaradi, siz dam olasiz va shuning uchun siz dasturxon oldida yozilasiz.

Buni qanday chetlab o’tish mumkin. Dam olish kunlari, nonushta va tushlik orasidagi vaqt ikki yoki uch soatni tashkil qiladi: siz kech turasiz, va tushlikni har doimgi vaqtda qilasiz. Siz bo’sh vaqtingizni maxsus taom yoki tort pishirish bilan o’tkazasiz. Agarda siz ikki katta taomlar, nonushta va kechki ovqat, va ular orasida yengil taom masalan faqat sabzavotlar iste’mol qilsangiz, siz biroz kaloriya tejashingiz mumkin.

, ,