Aql bilan qanday ozish mumkin

foydali

Siz ozishga harakat qilyapsizmi? Bular aql bilan ozish uchun ba’zi foydali maslahatlardir. Maslahatimizdan foydalaning.

O’zingizni och qoldirmang

Uyni tark etishdan avval nonushta qilish shart. O’zingizni och sezmasangizda ertalab kichik sendvich yoki meva iste’mol qiling.

Bu kun davomida ko’p ovqatlanish sababi birdan qonda shakar moddasini tushib ketishidan saqlaydi.

  • Dangasa bo’lmang. Kuniga yarim soatlik jismoniy mashq shartdir. Yomg’ir va qordan qo’rqmang sayr qiling, siz o’zingizni chiniqtirasiz, sizning qon aylanishingiz yaxshilanadi va teringiz sog’lom qizg’ish rangga ega bo’ladi.
  • Ko’plab sabzavot va meva iste’mol qiling. Bir bo’lak shokolad yoki pechenyedan ko’ra vitaminlarga boy banan yoki quritilgan mevalarni iste’mol qilgan ma’qul.
  • YO’Q deyishdan qo’rqmang. Sabab bo’lmasa ham oilaviy yig’ilish va bayramlarda ovqatdan bosh torting.
  • Yaxshi uxlashni unutmang. Iloji boricha soat 11 dan avval yoting shunda 8 soat uxlaysiz.
  • Mashhurlarni taqlid etmang. Ayniqsa ularning anoreksiya va shiddatli dietalar modasida. Sizning maqsadingiz 34 chi razmerga ega bo’lish, doimiy ochlik holati va jiddiy kasalliklar xavfi emas balki doim sog’lom va chiroyli tanaga ega bo’lishdir.

Ko’p ovqat iste’mol qilmang. Siz hattoki foydali ovqatlar bilan ham bo’kib qolishingiz mumkin. Kunlik iste’molingizni 5-6 kichik taomlarga bo’ling. Bu orqali siz qondagi shakar miqdorini bir xil ushlab turishingiz mumkin, siz birdaniga och qolmaysiz va kaloriya yoqishingiz osonroq kechadi.

 
  • O’zingizni yolg’izlantirmang. Do’stlaringiz bilan sayr qiling. Faqatgina sayrni pitsaxonalarda tugatmang.
  • Ovqatlanish paytida hech narsa o’qimang va televizor ko’rmang. Taomga e’tibor bersangiz siz oz ovqatlanasiz hamda mazasidan bahramand bo’lasiz va ko’zingiz quvonadi. Miyangiz tezroq qoniqish ishorasini oladi.
  • Ikki kunlik taom tayyorlamang. Yangi taom yaxshidir va siz qo’shimcha olishdan himoyalanasiz!
  • Keyinroq foydalanish uchun taom sotib olmang. Siz olmagan narsangizni iste’mol qila olmaysiz. Keyingi hafta yana maxsus chegirmalar bo’ladi.
  • Katta likopda ovqatlanmang. Kichikroq likop ishlating, sizning taomingiz ko’pga o’xshab ko’rinadi.
  • Kechki 7 dan so’ngra ovqatlanmang. Bu ayniqsa yog’li va uglevodlarga boy taomlarga ta’luqlidir.
  • O’zingizni tanqid qilmang. Bir bo’lak shokolad yeganingizga ham boshqa gunohlaringizga ham. O’zingizni kechiring, to’g’ri xulosa chiqaring, bu haqida unuting va yo’lingizni davom eting.
  • Ko’p tuz ishlatmang yoki sumka va qutilardagi tayyor taomlarni iste’mol qilmang. Bu taomlar (tarkibida ko’plab tuz, konservantlar va boshqa qo’shimchalar) tanangizni yallig’lantiradi, suv to’playdi natijada semirtiradi.
  • Nafsga berilishdan uzoqroq turing. Pitseriya, kafelar, shirinliklar do’koni va bir zumda tayyor bo’ladigan taomlar restoranidan uzoqroq yuring.
, ,