• nutrients

Yashil no’xatlar – foydaga to’la sharchalar

foydali

Biz aksariyat yashil no’xatga ozuqaviy modda sifatida qaramaymiz – biroq bu shunday. Yashil no’xatda nimalar yashiringan va biz nima uchun uni iste’mol qilishimiz kerak?

No’xatlar ozuqaga boy bo’libgina qolmay tanangiz uchun foydali bo’lgan tarkibga juda boydir. Ushbu turdagi sabzavot asosan ko’p miqdorda oqsil va uglevodlar bilan ta’minlaydi. Yashil no’xatlar B hamda C, D, E va K vitaminlarning qimmatli manbaidir. Unda yana natriy, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, mis, kobalt, yod va magniy kabi muhim mineral va foydali tuzlar mavjud.

Sog’lom suyaklar

No’xat tarkibidagi K vitamin kalsiyni so’rilishida muhim o’rin tutadi. Bu degani kanchalik ko’p miqdorda tanaga kalsiy yetkazmang agarda K vitamin bo’lmasa biz uni tanqisligini sezamiz va bu suyaklarni minerallashishini kamayishiga va buning natijasida osteoporoz kasalligiga olib keladi.

Antioksidantlarning boy manbai

Yashil no’xatlar bizni saratondan himoya qiluvchi antioksidant va yalig’lanishga qarshi moddalarga boydir. Uning tarkibida saraton birikmalarini bog’lovchi va uni so’rilishini oldini oluvchi xlorofilin (yashil rang xlorofil hosilasi) mavjud. No’xatlar qon tomir tizimini “yoshartuvchi” antioksidantlar – A, E, va C vitaminlariga boy. Ular yurak kasalliklari yoki aterosklerozni rivojlanish imkonini tomirlardagi xolesterin qoldiqlarini kamaytirish orqali pasaytiradi. Bundan tashqari C vitamin immunitet tizimini va bakteriya hamda viruslar bilan kurashuvchi qondagi boshqa oq hujayralarni faollashtiradi.

Mental health

Aqliy salomatlik

Yashil no’xatlar tarkibidagi folik kislota bizning aqliy holatimiz va kayfiyatimizga katta ta’sir qiladi. U asab hujayralarimizni metabolizmiga, o’sishiga va qayta tiklanishiga ta’sir ko’rsatadi. Tanamizda ushbu ozuqaviy moddani yetishmasligi xotira pasayishi yoki o’rganish va diqqatni jamlash muammosida ko’rinadigan miyya faoliyatini buzilishi va anglashni yomonlashuviga olib keladi. Folik kislotasini yetishmasligi qo’rquv , agressiya va faoliyat kuchayishini asosiy sababidir va u ko’pincha depressiya bilan bog’liq.