• nutrients

Yashil dieta bu foydali dieta

foydali

Qaysi rangdagi sabzavotlar tanamiz uchun eng foydali va ozuqaviyligini bilasizmi? Javob bizni ajablantirmaydi: yashil, bargli sabzavotlar. Biroq sababini bilasizmi?

Yashil rang, quyoshdan olinadigan quvvatni ishlab chiqishga javobgar bo’lgan muhim rang, xlorofil mavjudligini bildiradi. Eng muhim vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • toksinlarni zararsizlantiradi
  • jigarni tozalashga yordam beradi
  • qondagi ortiqcha shakardan tozalaydi
  • yoqimsiz tana hidini kamaytiradi va yo’qotadi
  • qon tomir tizimini yaxshilaydi
  • yalig’lanish holatini yo’qotadi

Inson tanasida xlorofil, organlarni, ayniqsa jigarni, turli toksinlardan tozalashda kuchli yordam beradi. Ushbu rang toksik birikmalar (ba’zi kanserogen moddalarni o’z ichiga olgan holda) bilan kuchli bog’lanadi va buning natijasida ozroq zararli birikmalar tana to’qimalariga o’tadi. Og’ir metallar uning yordamida neytrallashadi. Xlorofil yana yaralarni bitishini tezlashtiradi va ko’plab insonlar uchun katta muammo bo’lgan yomon hidlarni yo’qotadi. Tadqiqotlarga ko’ra xlorofil qon tomir tizimi ishlashiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va yalig’lanishni oldini oladi.

Xlorofildan tashqari yashil sabzavotlar B vitaminlar turiga kiruvchi folik kislotalarga boy. Bu nafaqat homilador ayollar dietasida balki barcha dietalarda juda muhimdir. U hujayra membranasini yarim o’tkazuvchanligini belgilaydi va bizning asab tizimimizga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari ushbu guruhdagi sabzavotlar A, C va E vitaminlarga boy, immunitet tizimimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, saratonni oldini oladi, teri tuzilishini yaxshilaydi va qarishni kechiktiradi.

Eng qimmatli yashil sabzavotlar bu:

  • ismaloq
  • brokkoli
  • brusel karami
  • sarsabir
  • karam
  • bodring
  • yashil no’xatlar
  • latuk salat