Sabzavotlar – shirin, hilma hil va sog’lom

foydali

Sabzavotlarga boy parxez kun davomida sizga yaxshi kayfiyatni kafolatlab jiddiy kasalliklarning oldini oladi. Sabzavotlar turli hil taomlar uchun yaxshi. Ular qaynatilishi, qovurilishi, dimlanishi mumkin va hamisha shirin ta’mga ega bo’ladi.

To’g’ri proporsiyalar

Sabzavotlarni yangi metodlar yordamida tayorlab katta porsiyalarda iste’mol qilish yaxshi. An’anaviy taomlarni tayorlang ammo go’sht bilan sabzavotlarning proposiyasini to’g’rilang.Yaxshisi uchta har hil sabzavotlarni iste’mol qilgan yaxshi. Siz go’shtni odatdan kamroq ishlatib kraxmalga boy bo’lgan (pasta, guruch, kartoshka) maxsulotlarni va qovurilgan sabzavotlar juftini yoki bitta katta porsiya yaxshi ko’rgan sabzavotingizni ishlatishingiz mumkin. Vegetarian taomlarini ham menyuingizga kiritishingiz kerak: qovurilgan sabzavotlar bilan pishirilgan kartoshka, risotto yoki qovurilgan sabzavotlar bilan pasta.

 

Sabzavotlarning kundalik miqdorini ko’paytirish uchun maslahatlar:

  • Go’st va jo’ja taomlaringizga ko’prop muruchlar, sabzilar, yashil no’xatlar va no’xatlar, selder, tsukini, baqlajonlar va qo’ziqorinlar qo’shing.
  • Sendvichlaringizga ham sabzavotlarni qo’shishingiz mumkin. Pamildori, bodring yoki latukdan tashqari siz arugula, bo’lingan sabzilar, rediskalar, qizil muruch va oq yoki qizil kesilgan karamlarni ishlatishingiz mumkin.
  • Muzlatilgan sabzavotlar salatlar uchun yaxshi. Muzlatilgan no’xat, yashil no’xat, non va jo’xori (alohida yoki turli kombinasiyalarda) bodring, maydalangan ko’k piyoz, pamildori, arugula yoki kress-salat va maydalangan latuk bilan yaxshi mos keladi. Muzlatilgan sabzavotlar 2-3 daqiqa qaynatilib sous bilan iste’mol qilinadi.

Bolalar uchun sabzavotlarBolalarni sabzavot taomlari bilan tanishtirish yaxshi. Quyida buni qanday qilib amalga oshirish haqidagi g’oyalar:

  • Siz, konservadagi oq no’xatni pishirilgan kartoshkaga qo’shib yoki muzlatilgan sabzavotlardan qilngan salat bilan birga berishingiz mumkin.
  • Gamburger qilayotganingizda bo’lingan sabzilarni yoki maydalangan selderni qo’shing.
  • Siz muzlatilgan pitsani muruchlar, pamildorilar, no’xat va jo’xori kabi rangli sabzavotlar bilan bezatishingiz mumkin.
  • Spagetti Bolonesega sabzi, muruch va pamildori bo’laklarini qo’shing.
  • Sendvichlarda maydalangan yoki kesilgan sabzavotlarni ishlatishingiz mumkin.
  • Sosika, qizil muruch, qo’ziqorinlar, tsukini, bolalar jo’xorisi va boshqa sabzavotlardan shashlik qiling.
  • Go’shtdan taom qilish uchun no’xat, sabzi bo’laklari, maydalangan karam, brokkoli gullari va boshqa sabzavotlarni aralashtiring.
  • Swede, sabzilar va kartoshka bilan pasternakni pishiring va ulardan pyure qiling.
, , , ,