• nutrients

Siyohrang sabzavotlar – antioksidantlarning boy manbasi

foydali

Siyohrang hasham va noziklikni aks ettiradi. Salomatligingizga kelganda esa shohona rang turli salomatlikka foydali xususiyatlarni aks ettiradi. Siyohrang sabzavotlar qanday umumiy xastaliklardan himoya qilishi mumkin?

Siyohrang antotsianindan paydo bo’ladigan, kuchli antioksidant xususiyatli tabiiy rang. Ushbu guruh ranglarining eng asosiy vazifalari quyidagilar:

  • ular qon bosimini kamaytiradi
  • diabetlarni oldini oladi
  • erkin radikallarni teradi
  • Parkinson, Altsgeymer va boshqa hotira pasayishi kasalliklarini      oldini oladi

 

Purple vegetablesSiyohrang taom antioksidantlarga boy. Hujayralaringizni yaxshi ahvolda ushlab turish uchun ularni yaxshi oziqlantirish va kislorodga boyintirish muhimdir. Erkin radikallar hujayralarimizga hujum qilishi va shikastlantirishi mumkin va buning natijasida shikastlangan hujayra membranasi o’zining metabolik vazifasini bajara olmay qoladi. Antioksidantlar tanamizdagi erkin radikallarni tozalaydi, to’gridan to’g’ri hujayralar salomatligiga yordam beradi shuning uchun ular barcha organlarimizni yaxshi holatda ushlab turadilar. Antotsianinlar (sabzavotlarni siyohrang bo’lishiga javob beruvchi modda) foydaliligi yallig’anishga qarshi ta’sir ko’rsatish, trombotsitlarni yig’ilishini bostirish va kapillyar qon tomirlarni mustahkamlash bilan  ham bog’liq. Ular yana ko’zni himoya qilish va ko’rishni kuchaytirishda eng qimmatlidir. Eng so’nggi tadqiqotlarga ko’ra siyohrang meva va sabzavotlarni iste’mol qilish Altsgeymer, Parkinson va hotira pasayishi xastaliklari bilan kurashishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Eng istalgan siyohrang mahsulotlar bu:

  • siyohrang piyoz
  • qizilcha
  • baqlajon
  • qizil loviyalar
  • qizil karam