• nutrients

Qizil sabzavotlar sog’lom yurak uchun

foydali

Qizil sabzavotlar yurakni yaxshi holatda ushlab turishi bilan taniqlidir. Qizil sabzavotlarni tanangizga keltiradigan barcha foydali taraflarini bilib oling.

Qizil rang sabzavotlarga ko’plab solomatlikni qo’llab quvvatlaydigan sifatlarni beradi, ularni ichida biz quyidagilarni ajratishimiz mumkin:

  • kayfiyatni yaxshilaydi,
  • ishtahani yaxshilaydi va qon tomirlarni kuchaytiradi,
  • zararli xolesterol miqdorini kamaytiradi,
  • qon bosimini mo’tadillashtiradi,
  • yurak faoliyatini tartiblga soladi.

Qizil sabzavotlar birinchi navbatda yurakka foydalidir, ayniqsa to’q ranglilari. Bu tarkibidagi likopen moddasi bilan bog’liq. U antioksidant bo’lib yurak faoliyatini yunaltiradi va zararli xolesterol darajasini kamaytiradi. Yana u qarishga qarshi va saratonga qarshi ta’sirga ega. Ushbu sabzavotlar guruhida yirik miqdorda kaliy bo’lib yurak ritmiga ta’sir ko’rsatadi, qon bosimini tartibga solib mo’tadillashtiradi. Qizil sabzavotlar yana qon tomirlarini mustahkamlovchi tabiiy rang bo’lgan antotsianinga boy. Karatenoidlar kayfiyatimizni ko’taruvchi yana bir shifobaxsh pigmentlardir. Tadqiqotlarga ko’ra optimistlarda ushbu kimyoviy birikma darajasi 13% ga ko’proq bo’lar ekan.

Quyidagilar qizil guruhga kiruvchi sabzavotlarning ba’zi na’munalari:

  • qizil bulg’or qalampiri
  • qizilcha
  • qizil karam
  • rediska
  • rovoch
  • pomidorlar