• nutrients

Oq sabzavotlar – infeksiyalar dushmani

foydali

Oq meva va sabzavotlar ko’p bo’lishiga qaramay, ular dietangiz uchun odatiy bo’lsa kerak. Ularning ustunliklari to’g’risida bilib oling.

Oq sabzavotlar sog’ligimizni kerakli darajada ushlab turishda katta o’rin tutadi. Eng muhim ta’sirlari quyidagilar:

  • bakteriyalarga qarshi ta’sir
  • yalig’lanishga qarshi ta’sir
  • diastolik ta’sir
  • qondagi foydali xolesterollar darajasini tartibga solish
  • ichak faoliyatlarini tartibga solish

Oq sabzavotlar bakteriyalarga qarshi reaksiyalarni ishga soladigan flavonoidlar (antioksidantlar), allitsin moddalari uchun qimmatlidir. Ularni yordamida virusli va bakteriyali inveksiyalar hattoki astma bilan bog’liq simptomlar yengillashadi. Tarkibida yuqori darajada antioksidantlar mavjudligi sababli ular yo’g’on ichak, ko’krak, prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Ular yana garmonlar miqdorini muvozanatlashtiradi buning natijasida garmonlar bilan bog’liq saraton kasalliklarini xavfini kamaytiradi. Oq sabzavotlar yana bizning yurak tomir tizimimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadilar. Ular qondagi zararli xolesterol miqdorini kamaytiradi, qon bosimi ortishi va tromblar paydo bo’lishini oldini oladi. Bundan tashqari ular ichaklar faoliyatini samarali tartibga soladi va poliplar paydo bo’lishini oldini oladi.

Oq sabzavotlar guruhiga quyidagilar kiradi:

  • sarimsoq
  • gulkaram
  • oq piyoz
  • porey piyozi
  • tsikoriy
  • kartoshkalar