• nutrients

Oq va Qizil Loviyalar

foydali

Oq va qizil loviyalarning ozuqaviy qiymat tafovutlari to’g’risida bilishingiz lozim bo’lgan ma’lumotlar.

Qizil loviyalar

Loviyalar vegetarianlar uchun oqsilning bebaho manbai sifatida tavsiya etiladi. Unda go’shtdan ko’ra ko’p oqsil borligi ilmiy isbotlangan. Qizil loviya B vitamini ayniqsa antidepressant xususiyatiga ega va xotirani mustahkamlovchi B1 vitaminining boy manbaidir. Loviya yana qon aylanish tizimimizni va suyaklar salomatligini yaxshilovchi kaliy, kalsiy va fosforga boy. Bundan tashqari loviyalar tarkibida ko’plab temir, folik kislotasi, selen  va ruh moddalari mavjud. Ushbu minerallar hazm qilish tizmi, immunitet tizimini to’gri faoliyat ko’rsatishida va erkin radikallarni neytrallashda muhim o’rin tutadi. Loviya urug’lari tarkibidagi tolalar tanadagi ortiqcha xolesterin moddasini chiqarib tashlashda yordam beradi va bu bizning yurak qon tizimimiz faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari qizil loviyalar erkaklarda prostata saratoni xavfini kamaytiruvchi va ayollarda menapauza davrida foydali bo’lgan izoflavon moddaga boydir. Loviyalarni yana bir ustunligi uning tarkibida glikemik moddasini ozligidir. Bu bizga qondagi shakar miqdorini barqaror ushlab turishga yordam beradi. Qizil loviyadagi pigment antioksidant sifatida muhim o’rin tutadi.

White & Red Kidney Beans

Oq loviyalar

Oq loviyalar ham o’simlik proteinining qimmatli manbaidir. Ushbu o’simlik temir, mis, ruh, fosfor, magniy va tanamizning to’g’ri faoliyat ko’rsatishi uchun muhim bo’lgan A, E va B vitaminlari zaxirasidir. Uning ishqor hosil qilish xususiyati sababli loviyalar tananing kislota-ishqor balansini ushlab turadi. Loviya donlari hazm qilish tizimga yordam beruvchi tolalarning eng yaxshi manbaidir. Bundan tashqali uni istemoli ichaklarning bakterial florasi, oshqozon osti bezi, jigar va yo’gon ichak faoliyati uchun foydali ta’sirga ega. Oq loviyaning doimiy iste’moli tanadagi xolesterin miqdorini pasayishiga va yurak kasalliklari xavfini kamayishiga olib kelishi tasdiqlangan. Bundan tashqari ushbu turdagi loviyalar bizning asab tizimimiz, fikr jamlashimiz va xotiramizga foydali ta’sirga ega bo’lgan letsitinning tabiiy manbaidir.