• nutrients

Loviyalar haqida salomatlik faktlari

foydali

Loviyalar dietaning asosiy mahsuloti sifatida ishlatiladi va ushbu o’simlikning sog’liq uchun foydasi juda yaxshi tanish. Loviyalar kunlik dietangizni qanday boyitishi mumkinligini ko’rib chiqing.

Dunyo bo’yicha loviyalarning 400ga yaqin turi mavjud. Ularning o’lcham va ranglari ham turli, oqidan (cannellino, boston) tortib qora holli (pinto yoki qora ko’z), yashil (flageolet), pushti qoragacha (Lotin Amerikada eng mashhur). Ularning barchasida ko’plab o’simlik oqsili mavjud biroq ular mineral moddalar va energiya qiymati bilan farqlanadi. Yangi tozalangan loviyalar B, C va E vitaminlarining boy manbaidir. Bundan tashqari loviyalar tarkibida ko’plab kaliy, kalsiy va fosfor mavjud. Ba’zi turlarida biz temir (haricot), folik kislotasi (mung, pinto, qora ko’z), selen (qora ko’z) va ruhni (qizil, buyrak va qora loviyalar) topishimiz mumkin.

Oqsilning qimmatli manbai

Loviya oqsilida katta miqdorda inson tanasi karnitin ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan, yurakni baquvvat qiluvchi, ishemiya va infarkt miokardani oldini oluvchi lizin aminokislotasi mavjud. Bundan tashqari loviya oqsili inson tanasi kislota-ishqor balansini ushlab turishda yordam beradi ayniqsa kislota hosil qiluvchi go’sht, baliq, tuxum va don mahsulotlari kunlik dietada mavjud bo’lganida. Loviyalar yana oshqozon kislotasi ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Shuning uchun u oshqozonda kislota ko’pligi va jig’ildon qaynashidan jabr chekayotgan insonlar uchun qimmatlidir. Shuningdek loviyadagi oqsil osteoporoz profilaktikasida tavsiya etiladi.

Health facts of beans

Loviyalar letsitinga boy

Loviya donlaridagi letsitin murakkab yog’lar qatorida turadi va miya hamda asab to’qimalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, fikrni jamlash va xotirani kuchaytiradi. Letsitin hujayra immunitetiga javob beruvchi ayrisimon bezlar – endokrin bezlar faoliyatini oshiradi. Shuning uchun letsitin inson tanasidagi zararli toksinlarni kamaytirishda keraklidir. U yana arteriyalarda yog’larni tashish va tanamizdagi xolesterin miqdorini kamaytirishda muhim o’rin tutadi. Bu ateroskleroz va juda “mashhur” bo’lgan qon bosimi ortishi kabi yurak qon kasalliklari xavfini kamaytiradi.