Dietada sabzavotlarni qanday qilib to’g’ri birlashtirishimiz mumkin?

foydali

Matematika oshxonada kerakli bo’lishini bilasizmi? Yaxshi va foydali natijaga erishish uchun qaysi mahsulotlar yaxshi birlashishini bilib oling.

Losos va brokkoli – suyaklarni mustahkamlash uchun

Losos tarkibida ko’p bo’lgan kalsiy, magniy, D vitamin va qimmatli Omega-3 kislotani, brokkoli tarkibidagi selen va xrom bilan
aralashtirsa, suyaklarimiz uchun foydali ta’sir ko’rsatadi. Agarda siz doimiy mashqlar qilib turmasangiz bularni hammasini ko’p iste’mol qilishingiz kerak. Bu kelajakda osteoporozni oldini olishda birinchi qadam bo’ladi.

Ismaloq va bulg’or qalampiri kamqonlik uchun

Sizni doim uyqu bosib holsizlanyapsizmi? Balki sizda temir moddasi ozdir. Ushbu retsept kamqonlik uchun. Siz ismaloq iste’mol qilishga harakat qilishingiz kerak (qishda muzlatilgan sabzavotlardan foydalanishingiz mumkin) va C vitaminiga boy bulg’or qalampiri bilan tamaddi qiling. Bulg’or qalampiri ismaloqdagi temirni so’rilishida yordam beradi.

Seldir tomiri va yong’oqlar sog’lom soch va tirnoqlar uchun

Ushbu salat tiklovchi yoki teri kremlaridan ko’ra yaxshiroq foyda beradi. Yong’oqlar salomatlik mazmunidir. Ularning tarkibida ko’plab vitaminlar, foydali yog’lar va minerallar mavjud. Qirg’ichdan o’tkazilgan yong’oqlarni seldir tomiriga qo’shing va ularning tarkibidagi selen hamda B5 va H vitaminlari sochingiz va teringizni kuchli qiladi.

Oshqovoq va yogurt sog’lom yurak uchun

Qanday deysizmi? Yogurt va oshqovoqli sho’rva tayyorlang. Uning tarkibidagi kalsiy yurak uchun foydalidir, va oshqovoq tarkibidagi beta-karotin erkin radikallar bosqinidan himoya qiladi.

 

Apelsin va o’rik immunitetni ko’tarish uchun

Ushbu desert sizni jonlantiradi. O’rik tarkibida A vitamini mavjud, apelsin esa C vitaminiga boy. Birgalikda kuchli antioksidant hosil qiladilar. Ushbu himoyalovchi soyabon sizni infeksiyalar hamda ulardan kuchliroq, saraton, qandli diabet va katarakta kabi dushmanlardan qo’riydi.

, , , ,