• nutrients

Brokkolini salomatlikka foydasi

foydali

Brokkoli sog’lig’i to’g’risida qayg’uradigan aholi o’rtasida eng mashhur va qimmatli sabzavotlardan biridir. Vitamin va o’smaga qarshi birikmalar bilan to’la bo’lgan ushbu sabzavot barcha sog’lom dietalarda tavsiya etiladi.

Yashil gulkaram yoki uzun karam deb nomlanuvchi brokkoli A, K, C, B vitaminlar va folik kislotasining qimmatli manbaidir. Bundan tashqari brokkolida kaliy, kalsiy, temir, fosfor, selen va magniy kabi inson tanasi uchun muhim bo’lgan ko’plab mineral tuzlar mavjud.

Brokkoli – o’smaga qarshi sabzavot

Saratonga qarshi kurashuvchi sabzavot va meva turlari joylashuvida brokkoli eng yuqori o’rinda turadi. Ushbu sabzavot chaynaganda ajralib chiqadigan antioksidant xususiyatli kimyoviy modda sulfrofanning boy manbaidir. Ushbu modda sog’lom hujayralarga tegmasdan o’sma hujayralarga hujum qilishi ilmiy asoslangan. Bundan tashqari, sulfrofan tanamiz ishlab chiqadigan har qanday organik chiqindilardan tozalash imkoniyatini yaxshilovchi fermentlar miqdorini ko’paytiradi. Brokkolini doimiy iste’mol qilish davrida, kanserogenlar va o’pkani qo’zg’atuvchi benzol va akroleinni (ular bizning DNK mizga zarar berishi mumkin) tanamizdan chiqishida sezilarli o’zgarishlar ko’rishimiz mumkinligi isbotlangan. Brokkoli tarkibidagi beta-karotin va xlorofil ranglari o’smaga qarshi xususiyatlarga ega.

Brokkoli diabetiklarga tavsiya etiladi

Brokkoli diabeti bor insonlarga tavsiya etiladi. Ushbu sabzavot glyukozani inson tanasidagi barcha hujayralarga tashishda yordam beruvchi gormon insulinga o’xshash xromning qimmatli manbaidir. Shuning uchun ushbu element oshqozon osti bezining, insulin ishlab chiqishga javob beruvchi organ faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Broccoli vs circulatory system

Brokkoli va qon aylanish tizimi

Brokkolidagi K vitamin kalsiyni so’rilishida muhim o’rin tutadi va tanamizda tromblar hosil bo’lish xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari brokkoli anemiyasi bor insonlar uchun mo’ljallangan dietada qimmatli mahsulotdir. U tanamizda yangi qizil qon hujayralar paydo bo’lishiga javob beruvchi temir, folik kislota va B vitamini manbaidir.