O’smirlar uchun ozuqa piramidasi

mazali

To’gri oziqlanish yoshlarni somatik, jismoniy va psixologik rivojlanishida juda muhimdir.

Kelajakka nazar

food for teenagers is extremely crucial in the somatic, physical and psychological development of young people.Reklama va oynomalarda aks ettirilgan yoshlar hayot usuli, o’qish bilan yuklangan va zararli oziqlanish maslahatlarini ko’rsatuvchi yashashning tez yo’lidir. Ular yosh tananing to’g’ri rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishi uchun ko’p zarar bermoqdalar. Achinarlisi, ushbu yoshda o’rganilgan, yomon ovqatlanish odati, katta bo’lganda sog’liq xavfi tug’dirishi mumkin.

O’smirlar ovqatlanish va faol vaqt o’rtasida muvozanatni topishlari kerak. Faqatgina jismoniy tarbiya darsida faol bo’lish yetarli emas. Haftaning ko’p kunlarida kompyuter va oynai jahon oldida o’tkazilgan passiv vaqtni 60 daqiqalik faollik bilan almashinuv yaxshidir. Siz og’ir mashqlar bilan shug’ullanishingiz shart emas – velosiped minish, raqsga tushish, itni aylantirish va shu kabilar o’zi kifoya qiladi.

Tez pishar ovqatlardan chetlanish

O’smirlar asosan gamburger fanatlari. Tez pishar ovqatlarni hafta davomida bir marotabaga cheklash tavsiya etiladi. Uning o’rniga ular proteinga boy, yog’lilik darajasi kam bo’lgan lahm go’shtlar iste’mol qilishlari lozim. Qovurilgan, pishirilgan va grill qilib pishirilgan go’shtlari tanlagan ma’qul. Yong’oqlar, donlar, no’xat va loviyalar protein, yaxshi turdagi yog’ va yog’da tez eruvchi vitaminlarning  qimmatli manbaidir.

Chipslar o’rniga mevalar

food pyramid for teens is all about creating a personalized plan to help you make healthy choicesMevalar o’qish davrida eng yaxshi gazak. Nosog’lom chipslar yoki ko’pchilik o’smirlar sevgan shirinliklardan ko’ra ularni iste’mol qilgan ma’qul. Mevalar, vitaminlar, minerallar, va klechatkalarning qimmatli manbaidir, biroq shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ularda  ko’p iste’mol qilinsa tanaga zarar yetkazadigan miqdorda shakar mavjud.

.

Salomatlik uchun sabzavotlar

Kuniga 5 portsiyadan ziyod sabzavot iste’mol qilish tavsiya etilgan. Siz ularni yangiligicha, istagan rangda iste’mol qilishingiz mumkin. Ularning ta’mi ajoyib hamda vitamin va minerallar asosiy manbaidir. Ranglari qanchalik kuchli bo’lsa shunchalik ular ozuqaga boydirlar. O’smirlar uchun eng yaxshi yechim bu muzlatilgan sabzavotlar ular tayyorlash uchun oson hamda o’smirlarni oshxonada faolroq bo’lishga rag’batlantiradi.

Sut va sut mahsulotlari

Sut katlsiyni bitmas manbai. Kaltsiy suyaklar uchun juda muhim shuning uchun yoshlikda juda ko’p  sut mahsulotlarini iste’mol qilish lozim. Qatiq va pishloq kam yog’liligiga ishonch hosil qilish uchun sut mahsulotlaridagi etiketkalarini tekshirish yaxshidir.

Likopdagi donlar

food pyramids for teensO’smirlar iste’mol qiladigan nonning yarmi elanmagan undan bo’lishi kerak. Shuni bilish lozimki har qanday qora non ham elanmagan undan bo’lgan non emas. Shuning uchun birinchi navbatda etiketkalarni tekshirish lozim. Elanmagan un noni oq nondan ko’ra yaxshiroq, uning tarkibida ko’proq klechatka mavjud. Qora nonni yeganda u bilan birga iste’mol qilgan mahsulot ko’p kaloriyali bo’lmasligi lozim.

Turli reklamalar bilan mashhur bo’lgan boshoq’li nonushta tanlayotganda ehtiyot bo’ling. Eng foydalilari tarkibida arpa, bug’doy va javdar bo’lganlari. Siz o’zingiz nonushta uchun yangi yoki quritilgan meva qo’shilgan rangli va foydali myusli tayyorlashingiz mumkin.

Gazlangan ichimliklar o’rniga suv

Biz gazlangan shirin ichimliklar o’rniga suv iste’mol qilishni tavsiya qilamiz – bu tana uchun ko’proq foydali bo’ladi. Hamda oz rang va kaloriyali bo’ladi.

, , ,