Ozuqa piramidasi – har kuni nima iste’mol qilishni bilib oling

foydali

Ozuqa piramidasi sog'lom turmush tarzimizga yaxshi ta'sir qiluvchi optimal modeldir.Ozuqa piramidasi dieta bo'libgina qolmay sog'lom bo'lishimiz uchun ovqatlanish yo'llari bo'yicha tavsiyadir. U bizga kunlik dieta uchun tavsiya etilgan mahsulot turlari va portsiyalar miqdorini ko'rsatadi.

Siz yaxshi ko’rgan narsangiz, biroq uni juda shirin yoki sho’rligi uchun iste’mol qila olmaydiganiz bo’lsangiz?



O’zingizni ozuqa piramidangiz cho’qqisiga nimani qo’yasiz?









food-pyramids-play

  • 21-asr uchun taomlar piramidasi – sog’lom hayot uchun jismoniy faoliyatlar.
  • Osiyo taomlar piramidasi – an’anaviy, sog’lom Osiyo diyetasi
  • Lotin taomlar piramidasi – to’g’ridan to’g’ri issiq Lotin Amerikasidan
  • Kichiklar uchun taomlar piramidasi – bog’chadan boshlab 12 yoshgacha me’zondagi hilmahil diyeta
  • Homilador ayollar uchun taomlar diyetasi – to’gri ozuqa juda katta ahamiyatga ega. Bu onaning va bolaning sog’lig’iga ta’sir ko’rsatadi.
  • O’smirlar uchun taomlar piramidasi – to’g’ri ozuqa somatik, jismoniy va aqliy rivojlanish uchun muhim.
  • O’rtayer dengizi taomlar piramidasi – bu sabzavotlar, mevalar, bo’tqalar, no’xatlar, yong’oqlar va zaytun yog’i kombinasiyasidir.
  • Kattalar uchun taomlar piramidasi – tanani kerakli ozuqalar bilan ta’minlaydi va yaxshi sog’liqga ega bo’lishga yordam beradi.

Birinchi taomlar piramidasi 1992-yilda yaratilgan. Bundan son’g turli hil yoshdagi va millatdagi odamlarni to’g’ri ovqatlanish uslublari (Osiyo taomlar piramidasi, Lotin taomlar piramidasi) va ularning turli hil qarashlarini (O’rtayer dengiz taomlari) ko’rsatish uchun yangi taomlar piramidasi qo’shilib bordi. Sog’lom Taomlar Piramidasi deb nomlangan ohirgi qo’shimcha ma’lumot eng yangi kashfiyotlarning natijasidir. Yangi piramidaning eng asosiy farqi uglevodlar va yog’lar orasidagi yaxshi va yomonga ajratuvchi me’zondadir.

food-pyramids-01

Biz yoshimiz va hayotdagi holatimizga qarab to’g’ri taomlar piramidasini tanlashimiz kerak. 70dan oshganlar kuniga 2 litr va undan ko’p suv ichishi kerak. Piramidaning yuqori qismida kalsiy, vitamin D va B12 kabi moddalar ham bor. Kattalar uchun bo’lgan taomlar piramidasi ozayotganlar diyetasi kabi kaloriylarni yoqish uchun kamroq ovqatlardan tashkil topishi kerak. Biroq, ular kaloriyaga boy taomlar o’rniga ozuqaga boylarini yeyishlari kerak. 2-12 yoshdagi bolalar o’z taomlar pirmidasiga ega bo’lib ularga yoqqan taomlarning rasmlari bilan keladi. Ular kichiklarning tanalari sog’lom bo’lishi va rivojlanishi uchun muhim bo’lgan hamma kerakli mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Kichiklar turli hil taomlar yeyishi uchun ularning kundalik diyetasi hilmahil bo’lishi kerak. Bolalar ham mashqlar va o’yinlar kabi turli hil jismoniy faoliyatlarda ishtirok etishlari kerak. Homilador ayolning diyetasi sog’lom ozuqaning hamma asoslarini o’z ichiga oladi. Bu diyeta ko’proq oqsillar, vitaminlar va minerallar bilan kelishi kerak.

Nima uchun biz taomlar pirmidasining tavsiyalaridan foydlanishimiz kerak?

Noto’g’ri diyetalar vazn yo’qolishiga va tananing zaiflanishiga olib keladi. Lekin katta quvvatli taomlarning iste’moli semirishga olib keladi va turli hil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

  • Noto’g’ri ovqatlanishning natijasi bo’lgan diabet, gipertenziya, skleroz kabi surunkali kasalliklarning xavfini kamaytirish uchun.
  • Yosh, jins, sog’liq holati, jismoniy faoliyat darajasi va ishning turiga qarab kerakli miqdorda tanani ozuqalar bilan ta’minlash uchun.
  • Tananing talabiga qarab kerakli quvvat bilan ta’minlash uchun. Quvvat yetishmasligi ochlikka olib keladi.

Shu sababli biz kundalik taomlarimizni to’g’ri me’zonda ushashimiz kerak. Don mahsulotlari hamma taomlarimizda bo’lishi kerak, sabzavtolar va mevalar esa kunga kamida 3 mahal iste’mol qilinishi kerak. Sut mahsulotlari 2 yoki 3ta taomlar tarkibiga kiritilsa go’sht 1 yoki 2taga.

food-pyramids-02

Piramidaning pastgi qismi yog’lar va shirinliklar uchun, lekin ular cheklanishi kerak. Taomlarni 5 mahal yoki 3 mahal iste’molga bo’lish kerak. Diyetadan tashqari jismonan faol bo’lish ham muhim. Bu o’zimizni yaxshi his qilishimiz va sog’lomroq bo’lishimiz uchun yordam bo’ladi. Faoliyatlar har bir shaxsning talablari va imkoniyatlariga qarab ishlab chiqilishi kerak. Kuniga kamida yarim soat bo’lishi yaxshi. Bu faoliyatlar bizga lazzat olib kelib kundalik hayotimizdagi stressdan voz kechishga yordam berishi kerak.

O’zingiz va oilangiz uchun eng yaxshi taomlar piramidasini tanlang chunki ovqatlanish yo’li o’zgarishi uzoq va sog’lom hayotga erishish uchun eng samarali usuldir.

Ozuqa piramidangizni asosi bo’lgan va siz doimo iste’mol qilishingiz mumkin bo’lgani?



Sevimli sabzavotingiz qaysi?








, , , ,