Sabzavotlar, diyetalar, kaloriya hisoblagichi, reseptlar, sog\'lom ovqatlanish

bonduelle.uz
ua ru bg ro hr ba az am uz en

Bonduelle

10 kunlik parhez

1 Yulduz2 Yulduzlar3 Yulduzlar4 Yulduzlar5 Yulduzlar (2 ovozlar, o'rtacha: 3.00 dan 5)
Loading ... Loading ...

Tez orada eng sevimli kiyimlaringiz mos tushishini ko’rasiz. Bundan tashqari o’zingizni sog’lom va kuch-quvvatga to’laligingizni xis etasiz. Bularning hammasi o’n kun ichida hech qanday yo’qotishlar va yo-yo effektlarsiz!

 

Kuniga 1,5 litr suv iching

Har doim yoningizda gazlanmagan mineral suvini olib yuring. Ovqatlar orasida tez-tez ichib turing (chanqamagan bo’lsangiz ham, suvning ta’mini yoqtirmasangiz suvga ozroq asal yoki limonli sharbat qo’shing). Suv o’rniga shirinlik aralshtirilmagan mevalar choyini ichishingiz mumkin.

 

Mevani tushdan oldin iste’mol qiling

Kunning birinchi yarmida, faolroq paytingizda o’rtacha kattalikdagi meva iste’mol qiling. Sabzavtorlarga qaraganda ko’proq shakar bo’lishiga qaramasdan uni tez singdira olasiz. Olma, sitrus mevalarini, qulupnaylarni tanlang, banan va toklarni iste’mol qilmang.

 

Sabzavotli sho’rvalarga ko’proq ahamiyat bering

Tushligingizni bir piyola sho’rva bilan boshlang. Sho’rvani sabzavot bulyoni bilan tayyorlang, yangi ziravorlar (petrushka yoki ukrop) qo’shing. Tuz yoki sho’rva ziravorlarini ishlatmang. Ularning tarkibida tanada suvni ko’proq ushlab qoluvchi va vazn tashlashni qiyinlashtiradigan natriy moddasi ko’p bo’ladi. Sho’rvani javdari makaron yoki kartoshkalar bilan iste’mol qilishingiz mumkin.

 

Foydasi

Yo-yo efektsiz vazn tashlashingiz mumkin. Parhezning birinchi kunidanoq qanday to’g’ri ovqatlanish tartibini tuzishni o’rganishingiz mumkin. Parhez tugagandan keyin tanangizdan ortiqcha vaznni uzoqda tutish uchun kerakli narsalarni bilib olasiz.

 

Organizmingizni kuchaytiring. Iste’mol qiladigan taomlaringiz tanangizga barcha kerakli bo’lgan ozuqa moddalarini, shu bilan birga to’qimalar va antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Shu sababli parhez sizga quvvat beradi va sizni sog’lomlashtiradi.

 

 
 
Xazm qilish jarayoninigizga turtki. Har doimgi taomlarni kam bo’lgan porsiyalarda iste’mol qilasiz va ko’p suv ichasiz. Bu sizning organizmingiz to’laroq ishlashiga va kaloriyalarni osongina yo’qotishingizga olib keladi.

 

Parhez qoidalari:

  • Nonushta, tushlik va kechki taomlar diametri 17-18 cm bo’lgan kichikroq idishlarda tortiladi. Bu kaloriyalarni sanashdan osonroqdir. Lekin bu taom tortiladigan idishlarni kichkinalashtirdim deb yana ketma-ket tortib eyish degani emas.
  • Tez-tez ovqatlaning. Kuniga 5 marta (o’zingizni och xis qilmasangiz ham) ovqatlaning. Bunday tizim sizga qoningizda glyukozani normal darajada ushlab turishga va ochlik tutqanog’ining oldini olishga yordam beradi. 
  • Taomlaringizni tartibga keltiring. Idishingizning yarimi sabzavotlardan: salatlar, pomidorlar, bodringlar, rediskalar, buruch, sachratqi, (pishirilmagan yoki bug’langan) sarsabil karami va gulkaram  tarkib topsin. Idishingizning 30 foyizigina uglevodlarga boy taomdan iborat bo’lsin, ya’ni: bular qora va javdari non, jigar rang guruch, javdari makaron, kartoshkalar yoki arpa, va 20 foyizi proteinli taomlardan tarkib topgan bo’lsin, bular: yog’siz sut maxsulotlari, go’sht, yaxna ovqatlar, tuxum va dengiz baliqlari.
  • Kuniga ikki marta engil ovqatlanib olishingiz mumkin: Tushdan oldingi va tushdan keyingi choy

 

Menyu namunasi:

Nonushta: 2 burda javdari non, sabzavotli salat

Tushlik: Sarsabil karamli sho’rva, 2 ta kartoshka, 150 g alyuminiy folgada tayyorlangan baliq go’shti, 2 ta osh qoshiq tuzlangan karam, aralash gazak.

Kechki ovqat. Elanmagan unli non uy pishlog’I bilan, 2ta piyoz yaprog’I, pomidor, yarim buruch.

 

kunning resepti

japanese sushi rice

Sushini asosi – shushi guruchini tayyorlash usuli.

Diyetalar

Ideal diet for sprinters who do not have enough free will to endure a diet longer than one day.

Bir kundan ko’proq vaqt parhezga chidashi qiyin…

Jismoniy faoliyat

mini_summer-workout (1)

Bikinida kanday qilib yaxshi ko’rinish mumkin? Quyida…

Siz bilar edingizmi?

natural effective aphrodisiac

Seldirning siri.