Yaxshi nisbatlar dietasi

chiroyli

Yaxshi muvozanatlashtirilgan dieta Gollivudni zabt etdi. O’zingiz sinab ko’ring! Kuz va qish davomida ozasiz va Yangi Yil kechasi o’z do’stlaringizni chiroyli qomat va go’zal yuz teringiz bilan hayratlantirasiz. Bugunoq boshlang!

Unli mahsulotlar va shirinliklar iste’molini kamaytiring

Unli mahsulotlar va shirinliklar tanani uglevodlar bilan ta’minlaydi, ular tez orada yog’ga aylanadilar. Unli mahsulotlar va
shirinliklar iste’molini kamaytirishingiz bilan, tana o’zining modda almashinuvini o’zgartiradi. Bundan tashqari shirinlikdan olinayotgan energiya o’rniga tana yog’idan energiya ishlab chiqiladi. Natija? Ushbu dietaning eng zo’r tarafi: siz och yurmaysiz, biroq vazn tashlashni davom ettirasiz. Qanday qilib? Ko’proq protein iste’mol qilish orqali.

Yodda tuting: Ushbu dieta sizning hayot tarzingiz bo’lib qolganida ishlaydi. Siz o’zingizni asosiy uglevodlar manbaingiz: non va makaronlarni tashlamaysiz. Ularni yuqori darajada cheklash o’zi kifoya. Siz istagan qomatga ega bo’lganingizda, siz uglevodlarni oz ozdan qo’shishingiz mumkin. Agarda siz shirinliklarni kunlik iste’moliga qaytsangiz, siz avvalgi vazningizga qaytib kelasiz.

Siz sog’lomroq va go’zalroq bo’lasiz

Qondagi xolesterol miqdori kamayadi. Siz yana pastroq qon bosimiga ega bo’lasiz. Ushbu dieta uchun 3 oy eng to’g’ri keladigan muddatdir. Ushbu muddatda siz tez va butunlay ozasiz.

Muvozanatlashgan dieta yosh bo’lib qolishingizga olib keladi. Inson tanasi asosan proteinlardan tashkil topgan. Siz protein iste’mol qilganingizda, tanani aminokislotalar bilan ta’minlaysiz – ular to’qimalar hosil qilishda g’isht bo’lib xizmat qiladilar. Tanangizdagi hujayralar qayta tiklanadi va siz yanada yosh va g’o’zal ko’rinishga ega bo’lasiz. Siz teri, tirnoq, ko’z ostidagi qora dog’lar yoki yuzning qorayishi muammolari haqida unutasiz – teringiz nur taratib turadi.

Nimani va qaysi miqdorda iste’mol qilishingiz lozim?

  • Go’sht va sut maxhulotlari – Sizga yog’siz go’sht, tovuq va kurka afzalroq, kam yog’li pishloq va sho’r yoki buloq suvi baliqlarini tanlashingiz lozim.
  • Suv – Kuniga kamida 2 litr suv ichishingiz muhimdir. Suv tanani zaharli moddalar va modda almashinuvining ortiqcha mahsulidan tozalaydi.
  • Pirojniy, non, unli mahsulotlar – Bu dieta, yog’ hosil bo’lishiga sabab bo’lgan va ortiqcha vaznga olib keladigan, ushbu mahsulotlardan hosil bo’lgan uglevodlar so’rilishini cheklaydi.
  • Yaxshi yog’lar – Eng yaxshi yog’lar, asosan o’simlik va baliqlardan olingan, to’yinmagan yog’lardir. Ushbu dieta yong’oq va bodomlarga yaxshi qaraydi.
  • Sabzavot va mevalar – Ko’p miqdorda talab etiladi. Bulardan tanamiz uglevodlarni oladi; ular pirojniy va nonlardan olinadigan uglevodlardan foydaliroqdir.

Sog’lom bo’lishning boshqa sabablari

Ozish va go’zalroq ko’rinish uchun o’zgacha ovqatlanishning o’zi kifoya emas. Siz ko’proq mashq qilishingiz lozim. Faqat shu yo’l orqali siz semirishga sabab bo’lgan gormonlarni jilovlay olasiz. Doimiy mashqlar modda almashinuviga katta ta’sir etadi va nozik tanani ushlab turishda yordam beradi. Siz yurish, suzish, yugurish va velosiped haydashni tanlashingiz mumkin.

Na’munaviy menyu:

Nonushta: Javdari non kesimi, 2 kesim son go’shti, bir kesim kam yog’li pishloq, 1 chashka yogurt

Tamaddi: 1ta olma

Tushlik: yopishmaydigan tovada yog’ qo’shmasdan pishirilgan losos, 1 choy qoshiq zaytun yog’ida qovurilgan 16ta yosh baqlajon, 2ta javdari pechenyelar, bir kosa mavsumiy (yoki muzlatilgan) mevalardan tayyorlangan salat

Choy: 1 chashka kam yog’li yogurt

Kechki ovqat: baliq (treska, sudak, xek, kambala) yopishmaydigan tovada yog’ qoshmasdan pishirilgan, 10 tutam parda pishirilgan lemon suvili ismaloq barglari, bir choy qoshiq zaytun yog’i sepilgan bir qancha latuk salat barglari, 2ta pechenye

, , , , , ,