Tozalovchi dieta

zamonaviy

Bizlar ko’plab qayta ishlangan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni nafaqat tez pishar sho’rvalarni balki sovuq taomlar va shirinliklar iste’mol qilamiz. Ularning ko’plari yog’ to’qimalarda va oshqozon tizimimizda saqlanib qoladi.

Taomlardagi kimyoviy moddalar ichaklarimiz faoliyatini sekinlashtiradi va butunlay ozib ketishni imkonsiz qiladilar. Bu kimyoviy moddalarni yo’qotishimiz lozim. Dorivor o’simliklar bunda yordam beradi – siz ularni alohida yoki maxsus aralashma sifatida olishingiz mumkin. Quyidagi o’simliklar eng zo’r o’simliklardir: manjetka, yoki ko’k choy ekstrakti. Ular nafaqat tanamizni tozalaydilar balki ovqat hazm qilish tizimimizni yaxshilaydilar, ayniqsa barcha yog’larni qayta ishlaydigan jigarni. Biz shifobaxsh choylarni taomlar orasida ichishimiz lozim.

Menyuingizni yangilash

Sizga mo’jizaviy dieta kerak emas. Agarda siz o’zingizni yengilroq his qilishni xohlasangiz va haftasiga 2 kilogramdan ozmoqchi bo’lsangiz dietangizda quyidagi qoidalarni qo’llang:

    • Har kuni 4-5 mahal ovqatlaning. Ovqatlanish orasidagi uzoq tannafuslar sizni “keraksiz” gazaklarga intilishingizga olib keladi. Oz biroq tez-tez iste’mol qilib turing shunda siz gazaklarni iste’molidan qochishingiz mumkin bo’ladi, siz tartibli ovqatlanish vaqtiga o’rganasiz, va sizning tanangiz barcha iste’mol qilingan taomni hazm qiladi.
    • Nonushta qilishni unutmang. Agarda siz uni unutsangiz yoki kech qilsangiz, sizning, modda almashinuvingiz sekinlashadi. Ilmiy izlanishlarga ko’ra agarda siz nonushta qilmasangiz sizda kechki och qolish hurujlari paydo bo’ladi.
    • Siz doimo o’zingiz bilan ishga gazak olib ketishingiz lozim. Uyda tayyorlangan sendvich va salatlar ko’chadan ishga ketayotib olingan shirin pishiriqlar dan ko’ra yaxshiroqdir.
    • Kechki ovqatga yengil taomlarni tayyorlang, asosan sabzavotlardan tashkil topgan. Qish va kuzlarda muzlatilgan foydali masalliqlardan foydalaning.
    • Ko’p miqdorda suv iching, eng yaxshisi oddiy suv iching. Nonushtadan avval limon yoki yalpiz barglari solingan bir stakan suv iching.

Qilinishi kerak bo’lmagan ishlar ro’yxati

Iste’mol qilishdan qochadigan ovqatlar ro’yxatini tuzing. Bu ro’yxatda unchalik ko’p narsalar bo’lmasligi kerak. Gazlangan ichimliklar va shirinliklarni tashlashingiz kifoya shunda siz tezda oziganingizni ko’rasiz.
Choy o’rniga suv iching va shokolad o’rniga yong’oqlar, mayiz yoki klyukva iste’mol qiling.

 

Tolalar zudlik bilan zarur

Asosan tolalar makaron mahsulotlari, sabzavotlar va mevalarda (po’stlog’i bilan) uchraydi. Ularsiz ozish va yaxshi aqliy qobiliyatga ega bo’lish qiyindir.
Kletchatka oshqozon tizimini yaxshilaydi va hazm bo’lishda yordam beradi. Tarkibida oz miqdorga tolaga ega bo’lgan yengil ovqatlar ham qorinni to’ydiradi – bu sizni tamaddi qilish va shirinlik xohlashingizdan saqlaydi. U iste’mol qilayotgan taomlarimizdagi ko’plab zararli moddalarni so’rib oladi va ularni tez hazm bo’lishiga olib keladi. U oshqozondagi kislotalarini birlashtirib ularni qayta so’rilishini imkonsiz qiladi – bu orqali u qondagi xolesterol miqdorini kamaytirib, aterosklerozni oldini oladi.

Namunaviy menyu

Nonushta: Son go’shtili non bo’lagi: 2 kesim javdari non, ularga saryog’ surib yupqa qilib kesilgan son go’shtini qo’ying. Pomidor, tuzlangan bodring va ko’k piyoz bilan taqdim eting.

Tamaddi: Hushbo’y salat – qaynatilgan tuxum va feta pishlog’ini maydalang (50g). Bir nechta latuk salat barglari, yangi bodring, rayhon va yalpiz barglarini qo’shing. Sirka va zaytun yog’li aralashmani seping. U bilan ozgina olma sharbati iching.

Tushlik: Tovuq salati – ozgina yashil latuk salatini maydalangan pomidor va qalampir bilan aralashtiring. 100g kesilgan va qovurilgan tovuq go’shtini qo’shing. Bir qoshiq zaytun yog’i va qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq seping. Salatni bir kesim javdari non bilan taqdim eting.

Kechki ovqat: Brokkoli ila Xek balig’i – 150g xek baliq go’shtiga limon suvi va zaytun yog’i seping, biroz ziravor qo’shing. Alyuminiy qog’ozida urab pishiring. Pishirilgan brokkoli va bir kesim javdari noni bilan taqdim eting.

, , , , ,