Tolaga boy dieta

chiroyli

Tana tolani hazm qila olmaydi – shuning uchun u ortiqcha vazn bilan kurashishda bebaho quroldir.

Detoksikatsiya va ozish

Ushbu dieta tolaga boy va yog’sizdir. Ilmiy izlanishlarga ko’ra tola dietada muhim o’rin tutadi. Kuniga kamida 30 g tola iste’mol qilish kerakligi hisoblab chiqilgan. Agar siz ortiqcha vazndan halos bo’lishni istasangiz, ushbu dieta aynan siz uchundir.

body can not digest fiber rich foods

Foydali maslahatlar

Tolaning kunlik iste’moli 30 g bo’lishi lozim. Ushbu dieta uchun kunlik kaloriya iste’moli, ayollar uchun 1000-1250 erkaklar uchun 1500 atrofida. Tolaning asosiy manbayi makaron mahsulotlari, javdari noni, loviya, pishirilgan kartoshka, yasmiq, jo’xori, salat barglari, yangi va quritilgan mevalar.

 high fiber foods is  invaluable weapon in the fight against overweight.

Oz kaloriya

Brokkoli, bulg’ori qalampir, sarsabir, pomidor, bodring, gulkaram, latuk salat – ushbu sabzavotlar oz kaloriya va ko’p miqdorda tola bilan ta’minlashni kafolatlaydilar.
Tolaga boy taomlarni tayyorlashni cheksiz imkoniyatlari mavjud: sendvichlar, sho’rvalar, unli taomlar, kartoshkali taomlar, salatlar, shirinliklar, vegetarian taomlar. Haftalik ozish 1,4 kg ni tashkil etadi. Vaznni kerakli darajada ushlab turish uchun siz ma’lum qoidalarga amal qilishingiz lozim: javdari mahsulotlarga o’tish (non va makaron) hamda ko’p miqdorda meva iste’mol qilishingiz lozim.

Menyu

Har kuni kunlik tola aralashmasini yodda tuting: donlar, yong’oqlar va quruq mevalar. Bular tanangizni 200 kkal va 15g tola bilan ta’minlaydi.

Nonushta
½ portsiya tolaga boy aralashma
140 g yog’sizlantirilgan sut
2 chi nonushta
300 g konservalangan yasmiq sho’rvasi
2 dona xamirturush ekstrakti surtilgan tolaga boy fitnes noni
1 apelsin
Tushlik
Kress-salat va ko’katli quymoq
115 g yangi yoki muzlatilgan no’xatlar
220 g shirinlik o’rnida oz shakarli qiyomda shaftoli
Kechki ovqat
Tolaga boy aralashmani qolgani
140 g sut
Olma yoki nok

, , ,