Karnaval uchun – sitrus dietasi

mazali

Bir oyda bejirim qomatga ega bo’lishni xohlaysizmi? Unday mo’jiza yo’q biroq siz Yangi Yil kechasi va karnaval oldidan biroz ozishingiz mumkin. Yangi yil tuzog’ini yodda tuting – bayramona dasturxon va taomlar bayram ta’tili bilan birga kechadi.

Yo-yo ta’sirisiz

1000 kkali dietani bir oyda qo’llasangiz, siz taxminan to’rt kilo ozishingiz mumkin. Dieta eng muvafaqqiyatli hisoblanadi,
chunki uning natijasi yo-yo ta’sirisizdir. Qo’shimcha ravishda siz dieta natijasini mashqlar bajarish va losyonlar surish bilan yaxshilashingiz mumkin.

Mo’jizaviy dietalarni qilmang. Agarda siz tez ozsangiz teringiz moslashishga ulgurmaydi va bu sizga foydali bo’lmaydi. Biz sizlga mazali va oson sitrus dietasini tavsiya qilamiz. Siz 3 kun mobaynida bir kilodan bir yarim kilogacha ozishingiz mumkin, va so’ngra siz kaloriyalarni hisoblashingiz mumkun hamda kuniga 1000 dan 1200 kkal hazm qilishingiz mumkin.

Sitrus dietasining tez natijasi sizni dietani davom ettirishga undaydi. U sizning oshqozoningizni kichraytirib shirinliklarni chetlab o’tishga olib keladi.

Sitrus salati kunlik portsiyasini Tayyorlash usuli (uni ertalab tayyorlab sovutgichda saqlashingiz mumkin): 5 dona apelsinni va 4 dona greypfrut terisini archib maydalang, ustiga 1 choy qoshiq suyuq asal, 5 choy qoshiq limon suvi va 4 yupqa kesilgan yong’oqni seping. Ustiga biroz petrushka barglaridan seping.

Sitrus

Sitrus mevalari vitaminlarning qimmatli manbaidir, ayniqsa mahalliy mevalar bo’lmagan qish va bahor mavsumida. Ushbu uch kunlik dieta mazali va nozik salatga asoslangan.

 

Dam olish va bayram paytlarida qanday qilib vazn olmaslik mumkin?

  • Karpni qovurmang (chunki u yog’li baliq), uni suvda yoki alyuminiy qog’ozda pishiring.
  • Qo’ziqorinli karamga qovurilgan un qo’shmang, pierogis (chuchvara) pishirgandan so’ng qovurmang (isitish uchun iste’mol qilmoqchi bo’lgan qismini bug’ga qo’ying).
  • Seld ustiga zaytun yog’i to’kmang, agarda siz kam yog’li krem yoki yogurtdan tayyorlangan sous qo’shsangiz ular biroz yog’sizlanadi.
  • Sovuq shirinliklarda shakar o’rnini bosuvchini shakarga almashtiring.
  • Barcha taomlarni totib ko’ring biroq oz portsiyalarda.
  • Qo’shimcha taomlarni cheklang – non bilan kartoshka bayram taomi emas.
  • Desertga faqat tortni bir bo’lagini iste’mol qiling; tort hamda kutia yana mevali tort va zanjabil noni bu juda ham ko’p!
  • Kechga, bir chashka ko’k choy, yalpizli choy yoki yovshanin ekstraktini iching.
  • Mashq qilishni unutmang – ta’tilda oilaviy sayr kaloriya yondirishning eng yaxshi yo’li.

Menyu

Nonushta

  • 1 chashka yalpiz choyi, sitrus salati

Tamaddi

  • 1 stakan apelsin sharbati (yangi ezilgan yoki quti idishdan)

Tushlik

  • 1 chashka yalpiz choyi, sitrus salati

Tamaddi

  • 1 apelsin

Kechki ovqat

  • 1 chashka yalpiz choyi, sitrus salati

 

, , , , ,