Oqsil parhezi

mazali

Oqsil parhezi jismoniy mashg’ulotlar bilan birga tanangizga go’zal ko’rinish beradi va sizni sog’lom va faol bo’lishingizga yordam beradi.

Oqsil parhezining asoslari:

- katta miqdorda suv ichish,
- sabzavot va mevalarning davomiy iste’moli,
- taomlar miqdorini kuniga 4-5 martaga yetkazish
 
high protein diet helps in Nourishing Your Skin

 

 

 

 

 

 

 

Oqsil asosdir

Ushbu parhezning asosi tabiiy oqsillar bo’lib go’shtlarda, parrandalarda, tuxumlarda, pishloqlarda va boshqa sut maxsulotlarida bor.
Bu oqsilga boy maxsulotlarni parhezga kiritish muhimligini unutmasligimiz kerak. Keling shirinliklarni va shakarni taomlarimizdan olib tashlab kam yog’li go’sht va pishloqlarga boyitaylik.

 

Suv iching

Kuniga kamida 2 litr suv ichish muhimdir – agar biz bunga amal qilsak tanamiz oqsillarni o’zlashtirishda qiyinchilik ko’rmaydi.

 

Sabzavotlar ve mevalar iste’mol qiling.

Biz salatlarda sabzavotlar va mevalar haqida unutmasligimiz kerak
Uglevodlarning va boshqa ozuqalarning yaxshi manba’i quyidagilardir:
- Jo’xori uni
- Asal, quritilgan mevalar, qandolat maxsulotlari va yong’oq
- Guruch, grechka, kartoshkalar va jo’xori.

 

The New Lifestyle Diet was ranked the best liquid protein diet and meal replacement program
 

Har kuni mashg’ulot qiling

Esingizda qolsin, kundalik jismoniy mashg’ulotlar har kunimizning qismiga aylanishi kerak!
 

Kuniga 4-5 ta taom
Jismoniy mashg’ulotlar bilan birga kundalik ovqat iste’moli 4-5 orasida bo’lishi kerak. Tanamizni doimiy ravishda ozuqa bilan ta’minlab turishni eslab qolishimiz kerak. Bu parhez bilan biz och qolmaymiz.

Ilhom manba’si bo’lish uchun kundalik menyuning misoli:

Nonushta:
Bir piyola kakao, pishloq va go’sht bilan 3 bo’lak non
yoki
mayiz bilan sut, bo’tqa, quritilgan mevalar va pista
Lanch:
Pamildori va bodring bilan ikki bo’lak non
yoki
250 ml mineral suv, omlet (sut, jo’xori uni, 2 ta tuxum, yarim choy qoshiq shakar, mayiz, yong’oq), bitta olma
Tushlik:
Salat bilan baliq
yoki
shakarsiz limon bilan choy, 2ta kam qaynatilgan tuxum, oq non
Choy:
Tovuq (pishirilgan, guruch va salat)
yoki
Pishloq bilan jo’xori unidan qilingan blinchik
Kechki ovqat:
Guruch va pishloq bilan yogurt, bitta olma
yoki
asal va pishloq bilan ikki bo’lak non
, , , ,