O’rtayer dengizi parhezi

foydali

O’rtayer dengizi parhezi hammaga va ayniqsa gipertoniya va xolesterin miqdori yuqori bo’lganlarga tavsiya e’tiladi

Tabiy parhez

O’rtayer dengizi parhezi bu butun dasturdan ham kattaroq deb aytsa bo’ladi. Bu hayot tarzi – asosan sabzavotlar, mevalar, baliq va donlar.
mediterranean diet food can be recommended to those who prone to hypertension and high cholesterol levels.

 O’rtayer dengiz parhezi qonun-qoidalari:

  • kundalik oz miqdorda pishloq va yogurt iste’mol qilish
  • haftalik oz miqdorda baliq va parranda go’shti
  • ko’p miqdorda o’simliklardan, ayniqsa meva va sabzavotlardan tayyorlangan taomlar iste’mol qilish
  • yangi pishgan mevalar odatiy desert sifatida tortiladi
  • haftasiga 4 donagacha tuxum iste’mol qilish (taomlarga solinadiganlarini ham hisobga olgan holda)
  • yog’larning asosiy manbaasi bu qayta ishlanmay olingan zaytun yog’i
  • kuniga odatiy 3 mahal ovqatlanish
  • gazli ichimliklar o’rniga oddiy suv ichish
  • kuniga oz miqdorda vino iste’mol qilish (erkaklar uchun 1-2 stakan, ayollar uchun 1 stakan)
  • kundalik jismoniy tarbiya (yurish, yugurish, sport mashg’ulotlari)

Bu parhezni tutish qiyin emas, faqat yuqoridagi ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilinsa bo’ldi.

 Seafood and fish used in the Mediterranean diet meal

Yoshlikni uzaytirish

O’rtayer dengizi parhezida iste’mol qilinadigan dengiz taomlari va baliq yoshlik unsurlari deb hisoblanuvchi yod va sink kabilarni o’z ichiga oladi. Dengiz balig’ini muntazam ravishda iste’mol qilish yoshligimizning uzayishiga yordam beradi.

Parhezning tarkibi

Ko’p miqdorda sabzavotlar va mevalar, loviyalar, kamroq miqdorda uglevodlar, zaytun yog’i, hayvon yog’ining o’rnini bosuvchilar va asosan juda ko’p miqdorda dengiz balig’i va dengiz ovqatlari O’rtayer dengizi parhezining asoslaridan xisoblanadi. Muntazam ravishdagi jismoniy tarbiya mashqlari bu taomlarga ajoyib qo’shimchadir.

Parhezning sog’liqqa ta’siri

Asosan u quyidagilarga erishishga olib keladi:

  • “yomon” xolesterin darajasining pasayishiga
  • Alsgeymer kassaligiga duchor bo’lish ehtimolligini pasaytirishga
  • diabet kasalligidan himoya
  • Parkinson kassaligiga duchor bo’lishning ehtimolini pasaytirishga
  • hayotni uzaytirishga
  • surunkali kasalliklarga qarshi ajoyib himoya
  • nafas yo’lini yaxshilaydi
  • depressiyadan himoya
  • saraton kasalligiga qarshi kurashadi

O’rtayer dengizi parhezi taomlari

O’rtayer dengizi atrofidagi deyarli har bir mamlakatlarning taomlaridan tashkil topgan O’rtayer dengiz parhezining ozgina bo’lsa ham ro’yxatini keltirmasak bo’lmaydi.

Quyida ko’rsatishimiz mumkin bo’lgan ba’zi taomlar

  • Limon va zaytun bilan paltus filyesi
  • Gorchitsa va no’xot tayyorlamalari bilan qovurilgan tovuq ko’kragi
  • Jigar rang guruch va sabzavotlar bilan pomidorlar bilan bug’langan mol go’shti
  • Qovurilgan sukkini va baqlajon pinoli va olcha, pomidorli gazagi
  • Makaronli taomlar
  • Zaytun va sarimsoq surtilgan grillda pishirilgan sabzavotlar
  • duxovkada pishirilgan guruch bilan yong’oq

O’rtayer dengizi atrofida yashovchi odamlar o’rta dengiz taomlari madaniyatidan tashqarida yashovchilardan salomatlik darajasida yaxshiroq statistik ko’rstagichlarga ega. Izlanishlar ushbu O’rtayer dengizi parhezi odamlar salomatligiga ijobiy ta’sir etishini ko’rsatadi.

, , ,