Tekis qorin parhezi

chiroyli

Oshxonada ko’p vaqt ketgazishni yoqtirmaganlar uchun parhez. Ular kam lekin tez tez ovqatlanishni yaxshi ko’rishadi. Ularning istaklari kelishgan bel va songa ega bo’lishdir.

Parhez va mashg’ulot

Bu parhez faqatgina ozmoqchi bo’lganlar uchun emas balki abdominal muskullarini rivojlantirish uchun ham mo’ljallangan.

 
flat belly exercises give slim shape to body

Kun davomida 450 g.gacha sut, 150 g kam shakarli meva sharbati, choy va kofe (kundalik normaga mos sut bilan) ichishingiz kerak. Siz istaganingizcha suv ichishingiz mumkin. Parhez 4 hafta davom etib ohirida siz kam yog’li maxsulotlarni iste’mol qilishingiz kerak, kaloriya miqdorini esa ko’paytirishingiz mumkin.

Tekis qorin uchun mashg’ulotlar:

Qorin muskullari uchun mashg’ulot
Ikki qo’lingiz bilan bo’yningizni ushlang. Oyoqlaringizni ko’taring, o’ng oyog’ingizni qayiltiring. Nafas oling va shu holatda boshingizni chapga ko’taring va o’ng oyog’ingizni ham chapga itaring. Nafasingizni qo’yib yuboring va oyoqlaringizni tushiring. Mashg’ulotni 8 marotaba har bir tomon uchun qaytaring.

Tanangizni ko’tarish va tushirish
Tizzangizda turing, qayiltirilgan qo’llaringizda dam oling, yerga qorningizni tushiring. O’zingizni bo’sh tuting va boshlang’ich holatga qayting. Nafas olishni esdan chiqarmang. Mashg’ulotni 8 marotaba qaytaring.
Oyoqlar va qo’llar tepaga
Orqangizda yoting, qo’llaringizni boshingiz orqasiga qo’ying, tirsak tepaga qaratilishi kerak. Sekin boshingizni va oyoqlaringizni ko’taring. Ko’targaningizda orqangiz ko’tarilishi kerak emas. Boshingizni ko’targaningizda nafas oling, tushirganingizda nafasni qo’yib yuboring. Mashqni 8 marta qaytaring.

Tekis qoringa ega bo’lishga yordam beruvchi parhezning asosi kuniga 3 mahal kam yog’li taomlarni iste’mol qilishdir. Taomlar orasida boshqa ovqatlarni iste’mol qilishdan ehtiyot bo’lish kerak. Man’ etilgan taomlar ro’yxati quyidagilardan tashkil topgan: shirinliklar, pishiriqlar, yog’lar, pishloqlar (yengil pishloqlardan tashqari), qovurilgan taomlar va sosika kabi go’shtlar.
Kuniga 3ta sog’lom taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi: nonushta, tushlik va kechki ovqat

 

Menyu

Nonushta:
50g jo’xori bilan 1 choy qoshiq shakar va 115 g yangi meva
Tushlik:
1ta qattiq qaynatilgan tuxum va kam yog’li yogurt yoki salat bilan aralashtirilgan sendvich
Asosiy taom:
tamaddi
sarimsoq va myata bilan yangi sabzavotlar
Asosiy taom:
mol go’shti va qo’ziqorinli kabob
yoki
makaron
yoki
tovuq palov
Desert:
1 ta kam kaloriyali shokolad muss yoki qulubnay desert

, , ,