Bayramlardan so’ng ozish uchun dieta

chiroyli

Ortiqcha vazn dietalarini qisqa muddatli dietalar bilan almashtirish mumkin. Bayramdan so’ng qo’llab ko’rish, sizga haddan ortiq vazndan halos bo’lishga yordam beradi .

Bayramlardan so’ng ozish

Bayramlar  turli taomlar va to’la dasturxon bilan bog’liqdir, ammo ular o’tganidan so’ng, biz barcha iste’mol qilgan mahsulotlarimiz qomatimizga ta’sir etishi haqida qayg’urishni boshlaymiz. Bayramlardan so’ng vazinni yo’qotish uchun yaxshi yangilik shuki, qo’shimcha vazn qanchalik tez olinsa shunchalik tez yo’qoladi, siz  munosib dietani boshlashingiz kerak.

Ushbu uch kunda  siz maxsus dietalar izidan borishga muhtojlik sezmasdan  bayram davomida orttirilgan vazndan halos bo’la olasiz . Ushbu kunlarda mevali yoki sabzavotli taomlar va yogurtlarga e’tibor qaratish yetarli.

Tanangizning odatiy dieta rejimini tiklash uchun, ko’p miqdorda suyuqlik qabul qiling va og’ir, yog’li va yuqori kaloriyali  ovqatlardan bosh torting. Oshqozoningizni dam olishini ta’minlang, unga ko’plab pishirilgan va yangi sabzavotlar bilan taminlang.

Limon sharbati va zaytun yog’i tanadagi zaharli moddalarni chiqaradi va loviya ichak faoliyatni harakatga keltiradi. Qatiq, turli xil sharbatlar, sabzavotli sho’rvalar va choy bu davrga mos keluvchi boshqa oziq ovqatlardir.

Ushbu davr uchun to’g’ri tanlangan dieta bayramlardan so’ng ozishni ta’minlaydi.

, , , , ,