Hisoblagichlar

foydali

Taomlar tarkibidagi kaloriyalar miqdorini hisoblang. Kundalik taomlaringizni rejalashtiring. Optimal dietani tanlashda BMI va WHR ko’rsatkichlarni tekshirish kerak. Zamonaviy bo’lgan hisoblagichlar ishlatish uchun oson.

Hisoblagichlar

Taomning qancha kaloriyasi bor? Men uchun qanday vazn yaxshi? Mening dietam ozuqaga boymi? Qanchalik ko’p biz o’zimizga shu savollarni beramiz? Bunday savollar har kuni, yoki biz dietadaligimizda, yoki ovqat tayorlayotganimizda keladi. Kaloriyalarni hisoblash uchun biz o’tirgan holatda qalam va qog’oz olib g’alati hisoblashlar qilishimiz mumkin. Hisoblagichdan foydalanish qay darajada oson? Uning ishlash jarayoni juda oson. Siz faqatgina kerakli ma’lumot kiritasiz va natijalarni olasiz.

Saytimizdagi hisoblagichimizni ishlatishga sizni taklif qilamiz.

 

Kaloriya hisoblagichi

Sizning taomingizda yoki kundalik menyuingizda qancha kaloriya borligi qiziqmi? Soq’liqni saqlagan holda siz nima yeyish kerak va qancha yeyish kerakligini bilmoqchimisiz? Bizning hisoblagichimiz yordamida sizning taomlaringizda qancha kaloriya va ozuqalar borligini bilib olasiz. Kaloriya hisoblagichi nafaqat bitta taom balki butun haftaning menyusini rejalashtirishga yordam beradi.

1000dan ortiq taomlar, ingredientlar va menyular bor.

 

Taomlaringizda qancha kaloriya borligini hisoblang!

BMI (tananing vazn indeksi) hisoblagichi

To’gri vaznga ekanligizni bilmasangiz BMI hisoblagichidan foydalaning. Agar BMI sizda vazn yetmayotganini ko’rsatsa kaloriyaga boy dietaga o’tganingiz ma’qul. Agar vazningiz ortiqcha bo’lsa kaloriyalarni cheklashiz kerak va jismoniy faoliyat bilan shug’ullanishingiz kerak.

BMIni bilishingiz semizlik bilan bog’liq bo’lgan ateroskleroz, diabet, gipertenziya va yurak kasalliklarini aniqlashga yordam beradi.

 

O’zingizning BMI ko’rsatkichingizni hisoblang!

 

Kundalik kaloriyaga talab

Hazm qilish natijasida ketadigan quvvatni qoplash uchun kuniga qancha kaloriya sizga kerakligini bilasizmi? Siz qanday jismoniy faoliyat bilan va qancha vaqt davomida shug’ullanishingiz kerak?

Agar biz tanamizni kerakli miqdordagi ozuqa bilan ta’minlasak va chegaradan o’tmasak biz o’z vaznimizni bir hilda ushlab to’gri tana vaznini saqlaymiz..

Dietani tanlashdan oldin biz kundalik quvvatga talabimizni metabolizmga, tana vazniga, yoshimizga, jinsimizga va jismoniy faoliyat darajamizga qarab aniqlaymiz. Bizning quvvatga talabimiz sport bilan shug’ullanganda va o’sib borish bilan birga oshib boradi. Homilador va tiklanish bosqichidagi ayollar katta quvvat ta’minotiga muhtoj bo’ladi.

Eslatma: Hisoblagich kattlar uchun mo’ljallangan (>18)

 

Kundalik qancha kaloriya kerakligini hisoblang.

 

WHR (Belning songa nisbati)

Bu tanadagi yog’lar tarqalishining nisbatidir. WHRni bilish tanamizdagi yog’lar tarqalishi, semizlik va shaklimizni aniqlashga yordam beradi. Bu hisoblagich BMI ko’rsatkichi 25dan yuqori bo’lib ortiqcha vaznlik va semiz bo’lganlar uchun ishlab chiqilgan. Agar sizning BMI ko’rsatkichingiz normada bo’lsa bu hisoblagichni ishlatmang chunki noto’g’ri natijalarga ega bo’lasiz. Homilador ayollar ham bu hisoblagichdan foydalanmasliklari kerak!

 

Sizning WHR ko’rsatkichingiz bizning hisoblagichimizda!

 

, , , ,